Osiyo taraqqiyot banki iştirokida «Özbekiston Respublikasida şaharlarni rivojlantiriş loyihalarining tayyorligini moliyalaştiriş» loyihasi amalga oşiriladi. 

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga köra, “Özbekiston Respublikasida şaharlarni rivojlantiriş loyihalarini tayyorligini moliyalaştiriş” loyihasini amalga oşiriş uçun:

a) 2019 yil 13 noyabrda Özbekiston Respublikasi va Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) 15 yillik qoplaş muddati, şu jumladan beş yillik imtiyozli davr bilan qiymati 15,0 mln. AQŞ dollari bölgan kelişuv imzolangan;

b) loyihaning umumiy qiymati 16,8 mln. AQŞ dollarini, şu jumladan:

OTB qarzi - 15,0 mln AQŞ dollari;

loyihani amalga oşirişda Özbekiston Respublikasining hissasi 1,8 mln. AQŞ dollariga ekvivalenti;

v) loyihani amalga oşiriş muddati 4 yilni (2020 – 2024 yy.) taşkil etadi.

Quyidagilar:

“Özbekiston Respublikasida şaharlarni rivojlantiriş loyihalarini tayyorligini moliyalaştiriş” loyihasining asosiy körsatkiçlari;

“Özbekiston Respublikasida şaharlarni rivojlantiriş loyihalarini tayyorligini moliyalaştiriş” loyihasi böyiça OTB qarzini qaytariş va foizlarni tölaş prognoz jadvali tasdiqlanadi.

Belgilab qöyilişiça:

Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi huzuridagi “Kommunxizmat” agentligi va “Özsuvta'minot” oçiq aksionerlik jamiyati, şuningdek Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi loyihaning öz vaqtida amalga oşirilişi, OTB qarz mablağlaridan maqsadli va samarali foydalanişi uçun mas'ul bölgan ijro etuvçi organlar hisoblanadi;

2024 yildan boşlab OTBning qarzi va foizlarni tölaş bilan boğliq xarajatlar “Özsuvta'minot” OAJning mablağlari, şuningdek Özbekiston Respublikasi davlat budjeti va tegişli viloyatlarning mahalliy budjet mablağlari hisobidan hisobidan amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi moliya vaziriga Özbekiston Respublikasi nomidan YeTTB qarz mablağlarini Özbekiston Respublikasi, Özbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, “Kommunxizmat” agentligi, “Özsuvta'minot” OAJ, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi örtasida qayta kreditlaş töğrisidagi bitimni imzolaş vakolati beriladi.

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasi va OTB örtasidagi Qarz bitimi va Qayta kreditlaş töğrisidagi bitimi böyiça belgilangan tartibda yuridik xulosa beradi.

Özbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri, “Kommunxizmat” agentligi boş direktori hamda tegişli viloyat hokimliklariga:

tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslari parametrlariga muvofiq loyihani öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişini ta'minlaydigan taşkiliy-texnik tadbirlar amalga oşirilişi;

qayta kreditlaş töğrisidagi bitim şartlariga muvofiq OTB qarzini qaytariş va u böyiça foizlarni tölaş uçun zarur bölgan mablağlar “Özsuvta'minot” OAJ hamda tegişli viloyatlar mahalliy budjet mablağlar öz vaqtida jamlanib borilişini ta'minlaş uçun şaxsiy javobgarlik yuklanadi.

Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi “Özsuvta'minot” OAJ suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari uçun tariflarni operatsion xarajatlar, kapital xarajatlar, zaruriy rentabellik darajasi, şuningdek OTB “Özsuvta'minot” OAJ hisobidan tölaş bilan boğliq xarajatlarni hisobga olgan holda öz vaqtida qayta körib çiqilişini ta'minlaydi.

“Kommunxizmat” agentligi huzuridagi OTBning amaldagi Loyihalarni boşqariş guruhiga loyihani muvofiqlaştiriş va boşqariş yuklanadi.