Toşkent şahrida Markaziy Osiyoning eng baland “Banji-jamping” attraksionini barpo etiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda 2020-2025 yillarda Özbekiston Respublikasida Yoşlar turizmini rivojlantiriş konsepsiyasini amalga oşiriş böyiça 2020 yilga möljallangan çora-tadbirlar rejasi loyihasida aytilgan.
Hujjatga köra, Toşkent şahrida Markaziy Osiyodagi eng baland arqonda sakraş attraksionini barpo etiş böyiça taşkiliy çoralar işlab çiqiladi.
Bajariliş muddati - 2020 yil oktabr, ijro uçun mas'ullar - Toşkent şahar hokimligi (J.Ortiqxöjayev), Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi (A.Aqqulov), nazorat uçun mas'ullar - Vazirlar Mahkamasi (A.Ramatov).
Şuningdek, Toşkent şahrida butunjahonga maşhur bölgan “Intervilles” (Fransiya) kabi ekstremal şouning analogini taşkil etiş möljallanmoqda.
Bajariliş muddati - 2020 yil avgust, ijro uçun mas'ullar - Toşkent şahar hokimligi (J.Ortiqxöjayev), MTRK (A.Xöjayev), nazorat uçun mas'ullar - Vazirlar Mahkamasi (A.Ramatov).
Bundan taşqari, turizm mavsumi past davrda Guliston şahrida “Cybersport” (elektron öyinlar sporti) yönalişida turli xalqaro musobaqalarni taşkil etiş va ötkaziş böyiça tadbirlar jadvalini işlab çiqiş hamda amalga oşiriş kutilyapti.
Bajariliş muddati - 2020 yil oktabr, ijro uçun mas'ullar - Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D.Nabiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi (Ş.Sodiqov), Sirdaryo viloyati hokimligi (Ğ.Mirzayev), nazorat uçun mas'ullar - Vazirlar Mahkamasi (A.Abduhakimov).












