Xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariuslar faoliyatini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori loyihasi e'lon qilindi.

Nizomga köra, notarius faoliyatini litsenziyalaş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar adliya boşqarmalari tomonidan amalga oşiriladi.

Notariusni hisobga qöyiş va uni hisobdan çiqariş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boşqarmalari tomonidan amalga oşiriladi.

Notarius hisobga qöyilganidan söng, Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boşqarmalari bu haqda ertasidan keçiktirmay Notarial palataning tegişli hududiy boşqarmasiga xabarnoma yuboradi. Xabarnoma Notarial palataning tegişli hududiy boşqarmasiga kelib tuşgan paytdan e'tiboran Notarial palataning a'zosi böladi va notarius maqomiga ega böladi.

Notarius yuridik şaxs taşkil etmasdan öz idorasiga ega böladi, bankda hisob raqam va boşqa hisob varaqlar oçadi, xodimlar bilan mehnat şartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, iş faoliyatini taşkil etiş uçun mutaxassislar yoki yuridik şaxslar bilan fuqarolik-huquqiy şartnomalar tuziş huquqiga ega.

Notarius özining faoliyatini boşlaşdan oldin öz fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qildirişi şart.

Notarius faoliyat yuritadigan bino özining notarial okrugi doirasida joylaşgan bölişi şart.

Notariusning nomida “xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius” sözlari bölişi, tegişli tuman, şahar körsatilişi lozim.

Notariusning nomida uning familiyasi, ismi va otasining ismi körsatiladi. Misol uçun: “Samarqand viloyati Samarqand şahridagi xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notarius Aşurov Dilşod Rustamoviç” deb nomlanadi.

Notariusning muhri Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona namunaga muvofiq tayyorlanadi.

Notarius öz muhrining eskizini kelişiş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boşqarmalariga taqdim etadi.

Notarius muhrining eskizi Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boşqarmalari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 28 avgustdagi 401-sonli qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tuşirilgan muhrlar va hujjatlar blankalari tayyorlaş, foydalaniş, saqlaş va yöq qiliş tartibiga muvofiq körib çiqiladi va natijasi haqda notariusga xat beriladi.

Notarial harakatlarni amalga oşirişda notariuslar davlat notarial idorasi notariusi bilan teng huquqlarga ega böladi va bir xil majburiyatlarni zimmasiga oladi. Ular tomonidan rasmiylaştirilgan hujjatlar bir xil yuridik kuçga ega.

Notarius xodimlari

Notarius stajyor, yordamçi, kotib, şuningdek notarial faoliyatni taşkil etiş bilan boğliq boşqa xodimlarga (tarjimon, operator, kurer va boşqa) ega bölişi mumkin.

Notarius notarial idora xodimlarini lavozimiga tayinlaşda va lavozimdan ozod qilişda mustaqildir, mazkur Nizomning 13 – 14-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Notarius faoliyatini yakka özi yoki xodimlari bilan birga amalga oşirişi mumkin.

Notarius özining iş va dam oliş vaqtini, mehnat ta'tilini mustaqil belgilaydi.

Notarius xodimlarning mehnat faoliyatini mehnat töğrisidagi qonun hujjatlariga asosan taşkil etadi.

Notarius xodimlar haqidagi ma'lumotni ularni işga qabul qilgandan boşlab uç iş kunidan keçiktirmasdan davlat soliq xizmati organlari va Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining tuman (şahar) bölimlariga taqdim etişi lozim.

Notarius stajyorini işga qabul qiliş Özbekiston Respublikasi Notarial palatasining tegişli hududiy boşqarmasi tavsiyasiga asosan biriktirilgan notarius tomonidan amalga oşiriladi. Notarius tomonidan notarius stajyorini işga qabul qilişni rad etişga yöl qöyilmaydi.

Stajirovka notarial idorada ötaladi. Notarius stajyori öz faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topşiriqlarini bajargan holda amalga oşiradi.

Stajyorga rahbar etib notariuslik lavozimida kamida uç yil işlagan notarius tayinlanadi. Bunda bir notariusga navbat asosida va qoida tariqasida bitta stajyor biriktiriladi.

Notarius stajyorining faoliyatini taşkil etiş tartibi Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Notarial palata bilan birgalikda belgilanadi.

Notarius yordamçisini işga qabul qiliş Notarial palataning tegişli hududiy boşqarmasi bilan kelişilgan holda notarius tomonidan amalga oşiriladi.

Notarial palataning tegişli hududiy boşqarmasi notarius yordamçisini işga qabul qilişni rad qilişiga asos nomzodning Özbekiston Respublikasi “Notariat töğrisida”gi Qonunining 2-moddasi talablariga mos kelmasligi hisoblanadi.

Notarius tomonidan xodimlarning vazifalar taqsimoti belgilab berilişi mumkin.

Notarial faoliyat va uni moliyalaştiriş

Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oşiriş hamda jismoniy va yuridik şaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar körsatiş bilan boğliq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi.

Notarius notariat sohasida davlatning funksiyasini amalga oşiruvçi şaxs sifatida ommaviy-huquqiy munosabatlar iştirokçisi hisoblanadi.

Barça notarial harakatlar “Notarius” avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali amalga oşiriladi.

Notariuslarning Tizimdan foydalaniş hamda unga ulanişi uçun qöyiladigan texnik va dasturiy talablar va axborot xavfsizligi siyosati Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oşiriladi.

Notariuslar Tizimdan foydalanişda quyidagilarga majbur:

barça notarial harakatlarni amalga oşirişda fuqarolarning şaxsini aniqlaşning zamonaviy tekşiriş usullaridan foydalaniş;

notarial harakatlarni Tizimda majburiy qayd etiş;

tizimga notöğri va xato ma'lumotlar kiritilişiga yöl qöymaslik.

Notarius Tizimdan foydalanganligi uçun har oyda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan miqdorda tölov tölaydi.

Notarius öz faoliyatini mustaqil moliyalaştiradi.

Notariusning notarial harakatlarni amalga oşirganlik hamda huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar körsatganlik uçun olgan pul mablağlari uning faoliyatini moliyalaştiriş manbalari hisoblanadi.

Notarius tomonidan undiriladigan tuşumlar taqsimoti Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ğaznaçiligi tomonidan amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ğaznaçiligi tomonidan taqsimlanadigan har bir notariusning şaxsiy ğazna hisobvarağiga kelib tuşadigan mablağlar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda tegişli hisobvaraqlarga yönaltiriladi.

Notariuslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş

Qoraqalpoğiston Respublikasi adliya vazirligi, adliya boşqarmalari, zaruratga qarab Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notariuslarning faoliyatini taşkil etişda:

jismoniy va yuridik şaxslar murojaat qilişlari uçun qulay bölgan joylardan notariuslarga zarur bino va inşootlar, şuningdek, bunday bino va inşootlarni quriş uçun yer uçastkalarini ajratilişiga kömaklaşadi;

notariuslarning Tizimga ulanişi va undan foydalanişini ta'minlaydi;

notariuslarning malakasini oşirişga doir tadbirlarni amalga oşirişga kömaklaşadi;

notariuslarni xorijiy mamlakatlarda tajriba almaşişiga yordam beradi.