Oliy Majlis Senati nizosiz talablarni hal etişni soddalaştirişga oid qonunni maʼqulladi.
Unga köra, qonunda belgilangan mezonlarga mos, bazaviy hisoblaş miqdorining ming baravari (440 mln söm)gaça bölgan nizosiz talablar böyiça notariusga murojaat qiliş imkoniyati yaratiladi.
Bu orqali bunday talablarni sud tartibiga murojaat qilmasdan, notarius orqali rasmiylaştiriş va ijroga qaratiş mexanizmi soddalaştiriladi.
Mazkur qonunning quyi palatadagi muhokamasida quyidagilarga oid qarzdorliklar böyiça nizosiz talablar haqida söz borgandi:
ijara tölovlari;
köp kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlaridan majburiy badallar va tölovlar;
kommunal xizmatlar;
aloqa xizmatlari.
Sanab ötilgan tölovlardan qarzdorlikni undiriş bilan boğliq talablarning miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining ming baravaridan köp bölgan taqdirda, amaldagi taomil asosida – sud tomonidan, buyruq tartibida körib çiqiladi. BHMning ming barobaridan kam bölgan nizosiz talablarga doir işlar esa notariuslar tomonidan körib çiqiladi.
Senat matbuot xizmati xabariga köra, 10-sentabr kuni maʼqullangan qonunga binoan notariuslar tomonidan rasmiylaştiriladigan QR-kodli ijro xatlari elektron şaklda ijro organlariga töğridan töğri yuboriladi. B – hujjatlarni qoğoz şaklida taqdim etiş bilan boğliq ortiqça jarayonlarni qisqartiradi.
Bundan taşqari, Iqtisodiy protsessual kodeksiga özgartirişlar kiritilib, qonuniy kuçga kirgan sud hujjati ustidan şikoyat qilinganda uning ijrosini yuqori instansiya sudida töxtatib turiş mexanizmi takomillaştirilmoqda. Bunda ijroni töxtatib turişni söragan şaxs bunday çora körilmasa, qaytarma ijroni qiyinlaştirişi yoki uni bajarib bölmaydigan qilib qöyişi mumkinligini asoslaşi lozim böladi.
Senatorlarga köra, bu özgartişlar sudlarning iş yuklamasini kamaytiradi, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining vaqti va xarajatlarini tejaydi, nizosiz talablarni tezkor rasmiylaştiriş hamda ijro samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.













