Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi Oliy Majlis palatalari tomonidan qabul qilindi. Şu sababli, soliq sohasi bilan boğliq boşqa qonunlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş ehtiyoji paydo böldi va “Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining qabul qilinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek ayrim qonun xujjatlarini öz kuçini yöqotgan deb topiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi 2019 yil 9 dekabrda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan ma'qullandi.
Bu qonun amaldagi 13ta qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutadi.
Jumladan, bu qonun bilan Özbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari töğrisida”gi qonunining 21-moddasida foydali qazilmalarni qidiriş, razvedka qiliş va qazib oliş uçun yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqi uçun litsenziya olgan yer qa'ridan foydalanuvçilar imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusini tölaşlari belgilab qöyildi. U bir martalik tölov hisoblanişi, Soliq kodeksida esa doimiy hisoblanadigan va tölanadigan soliqlar közda tutilganligi sababli, Soliq kodeksining 252-moddasidan Özbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari töğrisida”gi qonuniga ötkazilmoqda. Şuningdek, bu qonunda imzoli bonus stavkalari ham belgilab berilmoqda. Bunda, imzoli bonus stavkalarining eng kam hajmi foydali qazilmaning turiga qarab 2 barobarga, oltinni qidiriş va razvedka qiliş böyiça esa 10 barobarga kamaytirilmoqda.
Imzoli bonus stavkalarining eng kam hajmini pasaytirilişi xorijiy investitsiyalarni bu sohaga, ayniqsa kam örganilgan hududlarda geologiya-qidiruv işlarini amalga oşirişga jalb qiliş imkoniyatini beradi. Bu qonun bilan, şuningdek, Özbekiston Respublikasning “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida”gi qonunining 44-moddasida belgilangan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qöllab quvvatlaş sohasidagi vakolatlaridan biri bölgan mahalliy soliqlar böyiça imtiyozlar belgilaş vakolati çiqarib taşlanmoqda. Çunki barça soliq imtiyozlari Soliq kodeksida belgilanişi tartibi örnatilmoqda.
Özbekiston Respublikasining “Fermer xöjaligi töğrisida”gi qonunining 27-moddasiga özgartiriş kiritilmoqda va fermer xöjaligi rahbarining barça soliq va majburiy tölovlar tölangandan söng ixtiyorida qolayotgan foyda summasi böyiça imtiyozni bekor qiliş taklif etilmoqda. Bunda, unga dividend sifatida qaraş va 5 foiz stavkasida soliqqa tortiş nazarda tutilmoqda. Xuddi şunday tartibda oilaviy korxona iştirokçilari uçun belgilangan imtiyozlar ham bekor qilinmoqda. Şu bilan birga, agar xususiy korxona (oilaviy korxona) yoki fermer xöjaligi foydasini (daromadini) taqsimlamagan holda öz ixtiyorida qoldirsa, bunday holatda dividend soliği tölanmaydi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Çet el investitsiyalari töğrisida”gi qonunining 12-moddasi (Çet ellik investorlarning xöjalik faoliyati), Özbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati töğrisida”gi qonunining 16-moddasida (Investitsiya faoliyatini rağbatlantiriş) nazarda tutilgan normalar hozirgi kunda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan Özbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati” töğrisidagi yangi qonuni loyihasi körib çiqilayotganligi tufayli öz kuçini yöqotgan deb topiş taklif qilinmoqda.
Hamdam Otajonov (Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği, ekspert)












