2018 yil boşida Özbekistonda tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tekşirişga ikki yillik moratoriy e'lon qilingan edi. Davlat soliq qömitasi raisi Behzod Musayevning aytişiça, muddat yakunlanganidan keyin ham tadbirkorlarni yoppasiga tekşiriş bölmaydi.

«Prezidentimiz tomonidan joriy etilgan, tadbirkorlarni tekşirişni çeklaşga qaratilgan ikki yillik moratoriy muddati tugamoqda. Lekin şuni rasman ta'kidlab ötmoqçimanki, bu muddat tugasa-da, tadbirkorlarimizni yoppasiga tekşiriş boşlanib ketmaydi.

Xavflarni tahlil qiliş dasturiga muvofiq, amaldagi barça xöjalik yurituvçi sub'yektlar ma'lum mezonlar asosida avtomatik ravişda 3 segmentga – yaşil, sariq va qizil yölaklarga bölinadi.

Qizil yölakdagi tadbirkorlar muntazam qoidabuzarlar bölib, ularni tekşirişga asos bor. Sariq yölakdagilar ba'zan qoida buzişadi, ular maslahatga muhtoj. Yaşil yölakdagilar esa barça qoidalarga rioya qilişadi, tabiiyki ular tekşirilmaydi», – dedi Behzod Musayev seşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida.