«Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

27-avgust kuni imzolangan farmonga köra, kiçik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini har qanday tekşirişga 3 yil muddatga moratoriy eʼlon qilinişi belgilandi (bundan jinoyat işi doirasida, inson soğliğiga taʼsirini örganiş va mehnat qonunçiligiga rioya etilişi, fuqarolar murojaatlari, QQS qoplaş (qaytariş) va tadbirkorlik subyekti tugatilişi munosabati bilan ötkaziladigan tekşirişlar mustasno).

Moratoriy amal qiliş davrida kiçik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekşiriş noqonuniy hisoblanadi va uşbu huquqbuzarlikka yöl qöygan şaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil (Biznes-ombudsman) tomonidan «Samarali nazorat»tadbiri ötkaziladi. Bunda:

  • nazorat organlarining oxirgi 3 yillik tekşiruv materiallari joyiga çiqqan holda töliq örganib çiqiladi;
  • örganiş yakunlari böyiça nazorat organlari tomonidan yöl qöyilgan qonunbuzilişlar böyiça öz vakolatlari doirasida tegişli çoralar köriladi;
  • tekşiruv ötkaziş tartibi buzilgan hamda noqonuniy tekşiruvlar aniqlangan hollarda faoliyati tekşirilgan tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklaş çoralari köriladi.