Toşkent Turin politexnika universiteti talabasi Abdulhafiz Ozodov tomonidan işlab çiqilgan Deviser elektron konstruktori omma e'tiboriga havola etildi.

19 dekabr kuni bölib ötgan taqdimot dasturida konstruktorning qulayliklari haqida ma'lumot berildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Yoşlarni texnologiya, ilm-fanga qiziqtiriş maqsadida Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan doimiy ravişda startaplar va ilmiy ğoyalar tanlovi ötkazib boriladi. Joriy yilning iyun oyida ötkazilgan startaplar tanlovida Abdulhafiz Ozodovning loyihasi ğoliblikni qölga kiritgan hamda uni amalga oşiriş uçun vazirlik tomonidan grant mablaği ajratilgan edi. Grant va mehnat samarasi ölaroq bolalarni robototexnikaga qiziqtiruvçi elektron konstruktorlar dunyoga keldi.

Deviser elektron konstruktori bolalarning robototexnika sohasidagi boşlanğiç bilimlarini hosil qiliş uçun möljallangan işlanma bölib, unda bolalar öz qöllari bilan elektron qurilmalar yasaşi mumkin.

Konstruktor uç tildagi (özbek, rus, ingliz) yöriqnoma va işlanmaviy qismlardan iborat. Ulardan foydalangan holda bola svetofor, kamalak, aqlli uy, signalizatsiya tizimi, svetofor kabi oddiy loyihalarni bevosita özi amalga oşira oladi.

«Bu konstruktor kiçkina bolada ham texnologiyaga, robototexnikaga qiziqiş uyğotişga yordam beradi. Ahamiyatli jihati şundaki, agar bola konstruktordan foydalangan holda yangi loyiha yaratsa, biz bu loyihani sotib olamiz. Bu ham bolani robototexnikaga nisbatan rağbatlantirişning bir yöli», ─ deydi startap muallifi Abdulhafiz Ozodov.

«Yoşlar turli loyihalarni qilyapti, ularga grant berilyapti, ammo natijasi qani, degan gaplarni juda köp eşitamiz. Deviser grant ajratilgan va özining ijobiy mahsulini köz öngingizda bera boşlagan startap loyiha.

Avvaliga şunçaki ğoya bölgan Deviser endi xalq xizmatini qilişga, biz uçun muhim bölgan soha ─ yoş avlodni robototexnikaga qiziqtirişga xizmat qiladi. Deviser misolida boşqalar ham foydali va manfaatli bölgan loyihalarga qöl uriş uçun taşabbus körsatişsa ajab emas», ─ deydi Yoşlar ittifoqi Markaziy kengaşi raisi Alişer Sa'dullayev taqdimotning oçiliş qismida.

Taqdimotda maktabgaça va maktab yoşidagi bolalar örtasida ularni robototexnikaga qiziqtiriş maqsadida kiçik tanlovlar taşkil etildi, hali juda yoş bölsa ham fizika va robototexnika böyiça öz bilimini körsatgan bolalar Deviser elektron konstruktori bilan taqdirlandi.

Şuningdek, bolalarning robototexnika va elektronika böyiça işlanmalarini qöllab-quvvatlaş, ularning öz ğoyalarini amalga oşirişi uçun şaroit yaratiş maqsadida texnologiyalarga ixtisoslaşgan ta'lim muassasalariga Deviser konstruktorlari taqdim etildi.