Facebook’ning 267 mlndan köproq foydalanuvçisining şaxsiy ma'lumotlari internetda erkin foydalanişga tuşdi. Bu haqda Britaniyaning Comparitech tadqiqot kompaniyasi ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, foydalanuvçilarning ismlari, telefon raqamlari va boşqa ma'lumotlaridan iborat bazaga istalgan kişi parolsiz va röyxatdan ötmagan holda ega böla olgan.
Tahlilçilarning fikriça. xakerlar bu ma'lumotlardan spam jönatiş va fişing hujumlarini amalga oşirişda foydalanmoqçi bölişgan. Köp hollarda amerikalik foydalanuvçilar ma'lumotlari öğirlangan.
Comparitech’da aniqlanişiça, baza vetnamlik xakerlar tomonidan şakllantirilgan. U internetga 4 dekabrda yuklangan. 14 dekabrda uni kiberxavfsizlik böyiça mutaxassis aniqlab, bu haqda Facebook’ga xabar qilgan. Ayni vaqtda bazaga kiriş yopilgan.












