Eng kam iş haqi bekor qilinganligi munosabati bilan qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritiş davom etmoqda.
 
Eslatib ötamiz, dekabr oyining boşlarida 50 dan ortiq qonunlarga tegişli tuzatişlar kiritilgan edi. Hozir prezidentning 90 ta qaroriga (farmonlar va qarorlar) tuzatiş kiritilmoqda.   
 
Norma qanday koeffitsiyentlar özgartirilgani haqida ma'lumot berdi (Mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori 634 880 sömni taşkil etadi):
 
a) 1994 yil 1 sentyabrdan boşlab tölanayotgan bola tuğilganda bir yöla beriladigan nafaqalar – 70,3 foiz MHEKM (ilgari – 2 EKIH);
 
b) 2018 yil 1 yanvardan boşlab har oyda tölanadigan gonorarlar:

Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zolari hamda sobiq Özbekiston Qişloq xöjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a'zolariga – 4,22 MHEKM (ilgari – 12 EKIH);

sobiq Özbekiston Qişloq xöjaligi fanlari akademiyasining muxbir a'zolariga – 2,81 MHEKM (ilgari – 8 EKIH);
 
v) iş haqi va unga tenglaştiriladigan tölovlar naqd pulda tölanişi uçun moddiy-mas'ul şaxs (kassir) funksiyasini amalda bajarişda umumta'lim maktablarining ma'muriy-xöjalik qismi böyiça direktor örinbosari yoki xöjalik mudirining lavozim maoşiga har oylik qöşimça tölovlar – MHEKMning 35,2 foizi (ilgari – 1 EKIH); 
 
g) 2008 yil 1 sentyabrdan örta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari öqituvçilariga quyidagilar uçun tölanayotgan oşirilgan qöşimça tölovlar:

guruhga rahbarlik qiliş – MHEKMning 35,2 foizi (ilgari – EKIHning 100 foizi);

yozma işlarni tekşiriş – MHEKMning örtaça 17,6 foizi (ilgari – EKIHning 50 foizi);

öquv va laboratoriya xonalariga mudirlik qiliş – MHEKMning 17,6 foizi (ilgari – EKIHning 50 foizi).
 
d) informatika xonasiga mudirlik qilgan umumta'lim maktablarining öqituvçilariga ustama haq – MHEKMning 17,6 foizi (ilgari – EKIHning 50 foizi);
 
ye) 2018 yil 1 yanvardan Özbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a'zolariga tölanayotgan, JŞDS solinmaydigan har oylik gonorarlar – 1,41 MHEKM (ilgari – 4 EKIH);
 
j) 2018 yil 1 apreldan Geologiya davlat qömitasi xodimlarining iş haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlarni hisoblaş uçun belgilangan çeklangan summa – 2,11 MHEKM (ilgari – 6 EKIH);
 
z) davlat organlarining rahbarlari va xodimlariga davlat xizmatlarini samarali joriy etganligi uçun çorak yakunlari böyiça mukofotlar – 3,52 MHEKM (ilgari – 10 EKIH);
 
i) 2019 yil 1 maydan sud boşqaruvçilariga har bir yakunlangan tugatiş işi yurituvi uçun tölanadigan mukofotlar – 7,03 MHEKM (ilgari – 20 EKIH).
 
Şuningdek 2019 yil 1 yanvardan prokuratura organlari xodimlari, Markaziy saylov komissiyasi a'zolari va Kotibiyat xodimlari uçun belgilangan mehnat haqining yangi razryadlari, şuningdek 2018 yil 1 yanvardan joriy etilgan mualliflik haqi böyiça minimal stavkalar tasdiqlandi.