2019 yil 18 dekabr kuni taxminan soat 21:00larda 30 yoşli Z.I. boşqaruvidagi Cobalt rusumli avtomaşinasida Piskent tumani 4R20 sonli avtomobil yölining Qorasuv-Bekobod yönalişi böylab harakatlanib, şu yölning 21-kilometrda öng tomondan çap tomonga kesib ötayotgan piyoda 65 yoşli A.K.ni avtomaşinaning old öng burçak qismi bilan urib, yöl transport hodisasini sodir etgan.  

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, natijada piyoda A.K. olgan tan jarohatlari bilan Böka tuman markaziy şifoxonasiga yotqizilgan. Biroq A.K.ga körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan şifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Piskent tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda uşbu jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.