2019 yil 27 dekabr kuni soat taxminan 8:30da Qöqon şahridagi Movarounnahr va Istiqlol köçalari kesişmasida içida 20 ga yaqin yölovçi bölgan ISUZU rusumli avtobus “Gaz 52” rusumli yuk avtomaşinasi bilan töqnaşgan va natijada avtobus yonboşiga ağdarilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra avtobus içida 20 nafar yölovçi bölgan, ulardan 10 nafari tibbiy yordam oliş uçun murojaat qilgan, qurbonlar yöq.

Hodisa sodir bölgan joyda tergov-tezkor guruhi işlamoqda, yöl-transport hodisasi sabablari aniqlanmoqda. 

Holat yuzasidan qöşimça ma'lumot beriladi, deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.