Kuraş milliy sport turining xalqaro nufuzini yanada oşiriş çora-tadbirlari qabul qilinadi.

Muhokama uçun e'lon qilingan va Boş prokuratura tomonidan işlab çiqilgan prezident farmoni loyihasida qayd etilişiça, kuraş xalqaro assotsiatsiyasining 2017 yilning 27 mayda bölib ötgan navbatdan taşqari Kongressida Özbekiston Respublikasi Prezidenti doimiy Faxriy Prezident etib saylangan.

Özbekiston kuraş federatsiyasi, Milliy olimpiya qömitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda işlab çiqilgan:

Kuraş milliy sport turini 2030 yilgaça yangi bosqiçga olib çiqiş konsepsiyasi;

2020-2030 yillarda kuraş milliy sport turining xalqaro nufuzini yanada oşiriş böyiça “Yöl xaritasi”;

viloyatlar markazlari, Nukus va Toşkent şaharlarida 2020-2022 yillarda yangi quriladigan kuraş mahorat sport maktablarining manzilli röyxati;

2030 yilga qadar kuraşni ommalaştiriş böyiça amalga oşirilgan çora-tadbirlarni baholaş mezonlari tasdiqlanadi.

“Yöl xaritasi”da belgilangan çora-tadbirlarni amalga oşiriş va baholaş mezonlariga erişişning pirovard maqsadi kuraşni Xalqaro olimpiya qömitasi tomonidan olimpiya sport turi sifatida tan olinişiga hamda kelgusida Xalqaro olimpiya öyinlari dasturiga kiritilişiga erişiş deb e'tirof etiladi.

Özbekiston kuraş federatsiyasi, Kuraş xalqaro assotsiatsiyasi, Milliy olimpiya qömitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining:

a) har ikki yilda bir marta:

2020 yildan boşlab viloyatlar markazlari, Toşkent va Nukus şaharlarida oliy ta'lim muassasalari talabalari örtasida xalqaro kuraş musobaqasini;

2021 yildan boşlab, ustuvor ravişda xorijiy davlatlarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uçun kuraş böyiça xalqaro turnirlarni;

b) 2020 yildan boşlab har yilda bir marta davlat organlari xodimlari örtasida kuraş böyiça “Özbek polvoni” respublika musobaqasini ötkaziş;

v) 2020-2022 yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toşkent şaharlarida Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi kuraş mahorat sport maktablarini bosqiçma-bosqiç taşkil etiş;

kuraş mahorat maktablarining rahbarlari, trenerlari va boşqa xodimlariga olimpiya zaxiralari kollejlari uçun belgilangan mehnatga haq tölaş va moddiy rağbatlantiriş şartlarini qöllaş;

g) Kuraş xalqaro assotsiatsiyasi va Özbekiston kuraş federatsiyasi muassisligida Xalqaro kuraş institutini qayta taşkil etiş haqidagi takliflariga rozilik beriladi.

Quyidagilar kuraş mahorat maktablari faoliyatining asosiy yönalişlari hisoblanadi:

zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan öquv-maşğulot bazalarini yaratiş hamda kuraş böyiça respublika va xalqaro musobaqalarda ğoliblikni qölga kiritişga qodir bölgan sportçilarni tayyorlaşda uşbu bazalardan samarali foydalaniş;

yoş istiqbolli sportçilarni tanlab oliş va tarbiyalaş masalalari böyiça bolalar-ösmirlar sport maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oşiriş, ularga öquv-uslubiy hamda me'yoriy-axborot yordami körsatişni ta'minlaş;

kuraş mahorat maktablari bazasida milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari iştirokida öquv-maşq yiğinlari, respublika va mintaqaviy sport bellaşuvlarini taşkil etiş va muntazam ravişda ötkazib boriş, xorijiy davlatlar trener va hakamlari bilan özaro tajriba almaşiş maqsadida çet elning kuraş klublari bilan hamkorlikni rivojlantiriş.

Belgilanişiça:

umumta'lim maktablari va sport ta'lim muassasalarida kuraş böyiça öquv, öquv-maşq, öquvçilarni saralab oliş (seleksiya) hamda ularda musobaqalarni ötkaziş tartibi Özbekiston kuraş federatsiyasi tomonidan belgilanadi va muvofiqlaştirib boriladi;

kuraş mahorat maktablari direktorlari va sport böyiça direktor örinbosarlarini lavozimga tayinlaş va lavozimidan ozod qiliş Özbekiston kuraş federatsiyasining taqdimnomasiga asosan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi markaziy apparati tuzilmasida uning taşkiliy tuzilmasiga kiruvçi taşkilotlar xodimlarini maqbullaştiriş hisobidan kuraşni rivojlantiriş va “Yöl xaritasi”da belgilangan çora-tadbirlarning bajarilişi uçun mas'ul bölim taşkil etiladi.

Özbekiston Milliy olimpiya qömitasiga kuraş milliy sportini rivojlantiriş böyiça bölim taşkil etiş tavsiya etiladi.

Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining 2020/2021 öquv yilidan Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston milliy universitetida kuraş böyiça mutaxassislarni tayyorlovçi yönalişlar oçiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Kuraş federatsiyasi hamda Milliy olimpiya qömitasining Kuraş federatsiyasi qoşida yuridik şaxs taşkil etmagan holda Kuraş milliy sport turini qöllab-quvvatlaş jamğarmasini taşkil etiş töğrisidagi takliflari ma'qullanadi hamda quyidagilar Jamğarmani şakllantiriş manbalari etib belgilanadi:

Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari;

Özbekiston kuraş federatsiyasiga a'zolik badallari;

mahalliy, xorijiy va xalqaro taşkilotlarning grantlari;

homiylar – jismoniy va yuridik şaxslar, Özbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining mablağlari;

Jamğarmaning vaqtinça böş mablağlarini tijorat banklariga joylaştirişdan olinadigan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

a) kuraş mahorat maktablari faoliyati bilan boğliq xarajatlar, şuningdek, ularni yaktak sport kiyimlari va kuraş gilamlari bilan ta'minlaş xarajatlari uçun zarur mablağlarni 2021 yilda Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Madaniyat va sport” sohasiga ajratiladigan mablağlar doirasida ajratadi va 2022 yildan boşlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutadi;

b) 2020 yildan boşlab Özbekiston Respublikasi Davlat budjetidan:

Kuraş xalqaro assotsiatsiyasi faoliyatini qöllab-quvvatlaş uçun – 10 milliard söm;

Özbekiston kuraş federatsiyasi va uning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi bölinmalari xodimlarini iş haqi bilan ta'minlaş va moddiy rağbatlantiriş, “Yöl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlar uçun – 20 milliard söm ajratilişini ta'minlaydi;

v) Jismoniy tarbiya va sport vazirligining buyurtmanomasiga asosan 2020 yildan boşlab, mazkur qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça xarajatlarni qoplaş uçun zarur mablağlar ajratadi;

g) 2021 yil uçun Özbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinçi darajali budjet mablağlarini taqsimlovçilarga ajratiladigan mablağlarning çeklangan miqdorlarida kuraşni rivojlantiriş xarajatlarini alohida körsatadi.

Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Içki işlar vazirligi va Kuraş federatsiyasining:

kuraş sporti bilan şuğullangan xodimlari va harbiy xizmatçilar tomonidan yoşlarni kuraş milliy sportiga yanada keng jalb etiş orqali soğlom turmuş tarzini faol tarğib qiliş, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş hamda yoşlarni “Polvonlari köp yurt qudratli bölur” degan yagona şior ostida birlaştiriş maqsadida umumiy örta ta'lim muassasalarida bepul kuraş guruhlarini taşkil etiş;

Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlari va huquqni muhofaza qiluvçi organlari jismoniy tayyorgarlik maşğulotlarida bosqiçma-bosqiç kuraş hamda jangovar kuraşni ustuvor sport turlari sifatida kiritiş haqidagi takliflariga rozilik beriladi.