Voyaga yetmagan şaxslarga jamoat tarbiyaçilarini tayinlaş töğrisidagi nizom tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori loyihasi e'lon qilindi.
Boş prokuratura tomonidan işlab çiqilgan loyihada aytilişiça, jamoat tarbiyaçilarining asosiy vazifasi nazoratsiz va qarovsiz qolgan hamda huquqbuzarlik yoki ijtimoiy xavfli qilmiş sodir etgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibda işlaş, şuningdek ularning ota-onasiga (ularning örnini bosuvçi şaxslarga) voyaga yetmaganlarni tarbiyalaşda amaliy yordam körsatişdan iborat.
Jamoat tarbiyaçisi faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
insonparvarlik;
oilaning ustuvorligi;
bola bilan işlaşda individual yondaşuv;
faoliyatni ixtiyoriylik va beğaraz asosda amalga oşiriş.
Voyaga yetmaganlarning jamoat tarbiyaçisi etib 30 yoşga tölgan, birinçi navbatda voyaga yetmagan şaxslar bilan kamida ikki yil işlaş tajribasiga ega bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi, jinsi, oilaviy ahvolidan qat'i nazar, özining hayotiy tajribasi va axloqiy fazilatlari bilan ijobiy ta'sir körsata oladigan, öz zimmasiga nazoratsiz va qarovsiz qolgan hamda huquqbuzarlik yoki ijtimoiy xavfli qilmiş sodir etgan voyaga yetmaganlarni tarbiyalaş vazifasini oladigan şaxs tayinlanişi mumkin.
Komissiya jamoat tarbiyaçilari nomzodlari röyxatini şakllantiradi.
Voyaga yetmaganlarga jamoat tarbiyaçisini tanlaş va tayinlaş haqidagi qaror Voyaga yetmaganlar işlari böyiça idoralararo komissiya yoki sud tomonidan qabul qilinadi.
Komissiya tomonidan jamoat tarbiyaçisi quyidagi voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadi:
– nazoratsiz va qarovsiz qolgan;
– ixtisoslaştirilgan öquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan yoki tarbiya koloniyalarida jazoni ötagan;
– bolani tarbiyalaşda yordamga muhtoj bölgan oilalarning voyaga yetmagan farzandlariga.
Sud tomonidan jamoat tarbiyaçisi quyidagi voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadi:
– şartli hukm qilingan;
– ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangan;
– tarbiyaviy ta'sir qiliş yoki ma'muriy jazolaş çoralari körilgan;
– ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötaşdan muddatidan oldin şartli ravişda ozod qilingan.
Sudning bu haqdagi qarori jamoat tarbiyaçisini tanlaş va tayinlaş uçun Komissiyaga yuboriladi.
Sudning qarori qonuniy kuçga kirgan kundan e'tiboran beş kun muddat içida Komissiya voyaga yetmaganga jamoat tarbiyaçisini tayinlaydi.
Komissiya jamoat tarbiyaçisini tayinlaşda har bir holatda individual tartibda, sodir etilgan qilmiş, voyaga yetmagan şaxsning xulq-atvori, psixologik portreti, yoşi va boşqa omillarni inobatga olişi şart.
Komissiyaning jamoat tarbiyaçisini tayinlaş töğrisidagi qarorida quyidagilar belgilanadi:
– jamoat tarbiyaçisi töğrisida ma'lumot;
– jamoat tarbiyaçisi tayinlanayotgan voyaga yetmagan töğrisida ma'lumot;
– jamoat tarbiyaçisi tayinlaş muddati;
– jamoat tarbiyaçisining hisobdorligi;
– qaror yuzasidan şikoyat beriş tartibi va muddatlarini tuşuntiriş töğrisidagi ma'lumotlar;
– Nizom talablaridan kelib çiqib qarorda boşqa qoidalar belgilanişi mumkin.
Komissiya voyaga yetmaganga jamoat tarbiyaçisini tayinlaş töğrisida qabul qilgan qarori bilan bolaning ota-onasini (ularning örnini bosuvçi şaxslarni) taniştiradi.
Komissiya voyaga yetmaganga jamoat tarbiyaçisini tayinlanganligi haqida manfaatdor taşkilotlarni (içki işlar, vasiylik va homiylik organlari, ta'lim, soğliqni saqlaş muassasalari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va boşqalarni) xabardor qiladi.
Ön yoşga tölgan voyaga yetmaganlar, ularning ota-onalari yoki boşqa qonuniy vakillari bilan kelişgan holda voyaga yetmagan şaxsni fikrini hisobga olib tayinlanadi.
Quyidagilar jamoat tarbiyaçisi etib tayinlanişi mumkin emas:
– muomala layoqati çeklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi töğrisida sudning qonuniy kuçga kirgan hal qiluv qarori mavjud bölgan şaxslar;
– ilgari sodir etgan jinoyati uçun sudlangan şaxs;
– öziga nisbatan jinoiy ta'qib amalga oşirilayotgan şaxs;
– ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari çeklangan şaxs;
– ota-onalik huquqlarini suiiste'mol qilgan, bola bilan şafqatsiz muomalada bölgan şaxslar;
– surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka ruju qöygan şaxslar;
– sobiq tutingan ota-onalar yoki farzandlikka oluvçilar, agar bolalarni tarbiyaga oliş töğrisidagi kelişuv yoki farzandlikka oliş bekor qilingan bölsa;
– öz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud öz huquqlarini suiiste'mol qilganligi uçun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarişdan çetlaştirilgan şaxs;
– soğliği tufayli jamoat tarbiyaçisi majburiyatini bajara olmaydigan şaxs;
– öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarişdan uç marotaba boş tortgan jamoat tarbiyaçisi.
Jamoat tarbiyaçisi quyidagi huquqlarga ega:
– voyaga yetmagan şaxsni yaşaş va öqiş joyi böyiça borib köriş;
– voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş çoralarini köriş;
– voyaga yetmagan bilan yakka tartibda işlaş dasturi (keyingi örinlarda – Dastur) belgilangan çora-tadbirlarni amalga oşirişda mutasaddi taşkilot va muassasalardan uslubiy va amaliy yordam oliş;
– Komissiyadan voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari (ularning örnini bosuvçi şaxslar) töğrisida zarur ma'lumotlarni talab qilib oliş;
– voyaga yetmagan şaxsga oid Komissiya yiğilişlarida qatnaşiş hamda fikr va takliflar bildiriş.
Jamoat tarbiyaçisi quyidagi majburiyatlarga ega:
– har bir voyaga yetmaganga individual yondaşgan holda uning xulq-atvori, psixologik portreti, yoşi, qobiliyati, qiziqişlari va boşqa omillarni inobatga olib Dastur tuziş va Komissiya bilan kelişiş;
– voyaga yetmaganning Dasturda belgilangan çora-tadbirlarga rioya etişi ustidan nazorat qiliş;
– voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xulq-atvorini tuzatiş, mavjud salbiy odatlarni bartaraf etiş va huquqbuzarliklar sodir etişini oldini oliş çoralarini köriş;
– voyaga yetmaganni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş, unda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mas'uliyatlilik, fidoyilik, dunyoqaraşi keng mustaqil va komil inson bölişga intiliş tuyğusini şakllantiriş;
– voyaga yetmaganlarni öqişini davom ettiriş, böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ularni tögaraklarda iştiroki, hordiq olişi, bandligini ta'minlaş çoralarini köriş;
– ota-onalar (ularning örnini bosuvçi şaxslar) bilan voyaga yetmaganni tarbiyalaş, ularning hayoti va kelajagi uçun javobgar ekanligi borasida tuşuntiriş işlari olib boriş;
– voyaga yetmagan şaxs tomonidan Dasturda belgilangan çora-tadbirlarni bajarilmagan taqdirda bu haqda Komissiyaga xabar beriş;
– ota-onalar yoki ularni örnini bosuvçi şaxslar öz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda bu haqda Komissiyaga xabar beriş;
– har oyda Komissiyaga amalga oşirilgan işlar va bolada kuzatilayotgan ijobiy özgarişlar töğrisida hisobot taqdim etiş.
Voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari:
– voyaga yetmagan şaxs jamoat tarbiyaçisining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan Komissiyaga şikoyat qiliş huquqiga ega;
– voyaga yetmagan şaxs Dasturga amal qilişi va unda belgilangan çora-tadbirlarni sözsiz ijro etişi lozim.
Jamoat tarbiyaçisi quyidagi holatlarda almaştiriladi:
– jamoat tarbiyaçisi öz vazifalarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda;
– voyaga yetmaganlar, ularning ota-onasi (ularning örnini bosuvçi şaxslar) tomonidan Komissiyaga jamoat tarbiyaçisi ustidan kelib tuşgan şikoyatlari asosida;
– voyaga yetmagan yoki jamoat tarbiyaçisi yaşaş joyini özgartirganda.
– jamoat tarbiyaçisining öz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarişdan boş tortganda.
Jamoat tarbiyaçisining faoliyati Komissiya qarori bilan quyidagi hollarda tugatiladi:
– jamoat tarbiyaçisi tayinlaş muddati tugaganda;
– voyaga yetmagan şaxs ön sakkiz yoşga tölganda yoki emansipatsiya qilingan taqdirda;
– voyaga yetmagan şaxs ozodlikdan mahrum qilişga hukm etilganda;
– voyaga yetmagan şaxs boşqa davlatga doimiy yaşaş uçun ketganda;
– voyaga yetmagan şaxs vafot etganda.
Jamoat tarbiyaçisini almaştiriş yoki uning faoliyatini tugatiş haqida Komissiya qaror qabul qiladi.
Yuklatilgan vazifalarni faol va vijdonan bajargan hamda ijobiy natijalarga erişgan jamoat tarbiyaçilari Komissiyaning taqdimnomasiga asosan mahalliy budjet hisobidan rağbatlantirilişi mumkin.











