Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi pedagogik faoliyat bilan boğliq lavozimlar röyxatiga özgartiriş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qaror loyihasini işlab çiqdi.
Hujjat «Pedagogning maqomi töğrisida»gi qonunga muvofiq tayyorlangan.
Loyiha bilan 2026-yil iyun oyida tasdiqlangan Pedagogik faoliyat bilan boğliq lavozimlar röyxatini kengaytiriş taklif etilmoqda.
Xususan, röyxatga «Maktabgaça taʼlim taşkilotida tarbiyaçi yordamçisi» lavozimini kiritiş nazarda tutilgan.
Şu bilan birga, hujjatda uşbu lavozimning xususiy maktabgaça taʼlim taşkilotlari uçun tavsiyaviy xususiyatga ega bölişi belgilanmoqda.
Bundan taşqari, röyxatning 30-pozitsiyasini yangi tahrirda bayon etiş taklif qilingan. Unga köra, mazkur pozitsiyada «Huquqşunoslik böyiça professor-öqituvçi» lavozimi körsatiladi.
Qaror loyihasi Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi, Sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelişilgan.
Loyihaga köra, qaror qabul qilinsa, u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.








