Navoiyda bolalarni kaltaklab kelgan xususiy boğça tarbiyaçisi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi
Sud hukmiga köra, 23 yoşli N.E. 2025-yil dekabridan 2026-yil apreligaça qadar Navoiy şahridagi Amin kids xususiy boğçasida 1-3 yoşli bolalar guruhida tarbiyaçi bölib işlagan. U uşbu guruhdagi 5 nafar voyaga yetmagan bolani kaltaklab, zörlik işlatgan holda qiynab kelgan. Oqibatda bolalar yengil tan jarohati olgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda u bolalarga baqirgani, siltab tortib, urgani va tepganini köriş mumkin. Örganişlar davomida u bolalarni muntazam ravişda döpposlab kelgani maʼlum bölgan.
N.E. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan.
“7-aprel kuni bolalarga didaktik öyinlarni örgatayotgan vaqtimda yordamçi tarbiyaçi yonimda edi. Bolalardan biri gaplarimga quloq solmasdan boşqa bolalarni tişlab, qornidan tepayotganini kördim va qölim bilan uning yelkasidan urib, kiyimidan tortgan holda öyin maydonçasiga uloqtirib yubordim.
Şu kuni bolalar televizor tomoşa qilib ötirganida ikki tarbiyalanuvçining quloğidan tortib, tanbeh berdim. Tuşlik paytida yana bir bola injiqlik qilavergani uçun yengidan tortib, otib yubordim. Men bolalarni urib, tanbeh berayotganimda yordamçi tarbiyaçi videoga olib turganidan xabarim bölmagandi”, degan u öz körsatmasida.
N.E. turmuş örtoği bilan örtasidagi oilaviy kelişmovçiliklar sababli doim asabiy holatda yurganini, oilaviy nizolar kayfiyatiga taʼsir körsatganini aytib, suddan yengillik söragan.
Sudda kaltaklangan bolalarning ota-onalari jabrlanuvçi sifatida körsatma bergan. Ulardan biri boğçadan kelgaç öğlini çömiltirmoqçi bölganida qöl, oyoq va orqasida şilingan jarohatlar borligini körganini, bu haqda tarbiyaçidan söraganida u “arğimçoqqa urilib ketganida jarohat olgan bölişi mumkin”, deya javob berganini aytgan.
Boşqa ota-onalar ham şunga öxşaş körsatmalar berişgan.
Holat yuzasidan psixologik tekşiruv tayinlanib, bolalarning tarbiyaçi N.E.ga nisbatan reaksiyasiga eʼtibor qaratilgan. Tarbiyaçining surati körsatilganda bolalarda qörquv, onasiga intiliş kabi reaksiyalar kuzatilgan. Psixolog bolalarda tarbiyaçi bilan boğliq travmatik holat, psixologik hamda jismoniy zöravonlik alomatlari mavjudligi haqida xulosa bergan.
N.E.ning qilmişi jabrlanuvçi va guvohlarning körsatmalari, sud-tibbiy ekspertiza xulosalari va boşqa dalillar bilan öz isbotini topgan, deb hisoblangan.












