Bek Air aviakompaniyasi parvoz xizmati rahbari Erik Saparov Olmaota aeroportidan uçiş vaqtida aviakompaniyaning samolyoti qulaşiga undan avval parvoz qilgan samolyot qoldirgan “iz” sabab bölgan bölişi mumkinligini aytdi. Bu haqda Tengrinews.kz naşri xabar berdi.
Saparovning ta'kidlaşiça, samolyot havoga kötarilganda öz ortidan uyurmaga öxşaş iz qoldiradi. Mutaxassisning aytişiça, aviahalokatga uçragan Fokker 100 samolyoti oldidan yangi dvigatellarga ega va 89 tonnalik Airbus 321 havoga kötarilgan. Bir daqiqadan keyin uning ortidan uçgan Bek Air aviakompaniyasi samolyoti yon tomonlarga çayqala boşlagan va buning oqibatida balandlikni yöqotib, yerga qulagan.
“Airbus havoga kötarilgan vaqtga e'tibor bering – soat 07:19. Uning tezligi 184 uzelni taşkil qilgan. Bizning Fokker 100 esa soat 07:20da havoga kötarilgan, tezligi 155 uzel bölgan. Fokker 100 oldidan uçgan samolyot öz ortidan kuçli uyurma qoldirgan”, deb aytgan Saparov aviahalokat tergoviga bağişlangan matbuot anjumanda.
Mutaxassisning ta'kidlaşiça, samolyotlar parvozlari orasidagi interval kamida 2 daqiqa bölişi kerak edi. “Ob-havo şaroiti normal bölgan. Biz taxmin qilayotgan sabablardan biri uyurma iz hisoblanadi”, deyilgan kompaniyada.
Olmaota-Nur-Sulton reysini bajargan yölovçi samolyoti havoga kötarilişi vaqtida balandlikni yöqotib, dastlab beton devorga, söngra ikki qavatli uyga borib urilgan. Samolyot bortida bölgan 98 kişidan 12 nafari halok bölgan, 49 nafari jarohat olgan.
Qozoğiston içki işlar vazirligi ma'lumotlariga köra, samolyotning halokatiga olib kelgan sabablardan biri navigatsiya xizmatlari xatosi hisoblanadi. Şuningdek, boşqa sabablar orasida uçuvçilarning xatoga yöl qöygani va samolyotning texnik nosozligi ham aytilgan.












