Hodisa Olmaota viloyatining Aqtas qişloğida sodir bölgan. Bu haqda KTK telekanali xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Özbekiston fuqarosi tandir non sotiş bilan şuğullangan. U mijozlardan biri bilan oğzaki tortişib qolgan. Janjal qisqa vaqt içida muştlaşuvga aylangan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, 56 yoşli gumonlanuvçi janjal vaqtida piçoq işlatib, 35 yoşli erkakning kökrak qismiga ikki marta zarba bergan. Jabrlanuvçi olgan jarohatlari oqibatida halok bölgan.
Marhum uşbu tandirxonada sönggi beş yil davomida işlab kelgan. Mahalliy aholi uni ijobiy taʼriflab, heç kim bilan nizolaşmaganini aytgan. Şuningdek, u ayrim hollarda nonni bepul tarqatib turgani qayd etilgan.
Olmaota viloyati politsiya departamenti qotillik fakti böyiça jinoiy iş qözğatilganini maʼlum qildi.
Politsiya vakili Yernar Saydildinning bildirişiça, tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 56 yoşli gumonlanuvçining şaxsi aniqlanib, u qölga olingan va vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan.
Politsiya maʼlumotiga köra, gumonlanuvçi hozirda aybiga iqror bölib körsatma bergan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

















