DW murojaat qilgan ekspertlarning fikriça, Belarusga neft yetkazib berilişining töxtatilişi Rossiyaning Belarusga nisbatan bosim ötkaziş vositalaridan biridir. Ammo nizoning avj olişi har ikki tomon uçun ham zararli, deb hisoblaşmoqda ekspertlar.

Yangi yil Rossiya-Belarus munosabatlarida neft inqirozi bilan boşlandi: Rossiya 1 yanvardan Belarusdagi neftni qayta işlaş zavodlariga neft yetkazib berişni töxtatdi, çunki bu boradagi şartnoma muddati 2019 yil 31 dekabrda tugagandi. Minsk va Moskva butun dekabr oyi davomida muzokara olib bordi, ammo neft narxi töğrisida kelişa olişmadi. Şundan keyin Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko muqobil manbalar orqali neft yetkazilişini ta'minlaşga buyruq berdi.

Rossiya neft yordamida Belarusga bosim ötkazmoqda

«Transneft» rasmiy vakili Igor Demin neft yetkazib beriş töxtatilişining sababini Rossiyadagi neft qazib oluvçi kompaniyalar Belarusdagi neftni qayta işlaş zavodlariga xomaşyo yetkazib beriş böyiça «Transneft»ga ariza bermagani bilan izohladi. Avvalroq prezident Aleksandr Lukaşenko mamlakat 2020 yilda Rossiyadan 24-25 mln tonna atrofida neft sotib olmoqçiligini, ammo uning narxi, tranzit tarifi va Rossiyaning soliq manyovri sababli tölanadigan kompensatsiya miqdorini kelişa olmaganini ma'lum qilgandi. Moskva neft böyiça kelişuvni ittifoq davlati doirasidagi çuqurlaşgan integratsiyaga boğlamoqda.

«Politiçeskaya sfera» instituti direktori Andrey Kazakeviç mavjud vaziyatni Rossiyaning Belarusga nisbatan bosimi sifatida baholamoqda.

«Neft yetkazib berişning töxtatib qöyilişi Rossiya tomonining strategik qarori emas, balki Belarus rahbariyatidan qandaydir qöşimça şartlar yoki qarorlar oliş yölidagi bosimdir», - deydi ekspert.

BEROC iqtisodiy tadqiqotlar markazi tahlilçisi Dmitriy Kruk ham neft yetkazib berişning töxtatilişini Rossiyaning bosim ötkaziş vositasi deb hisoblamoqda.

«Moskva Minskni çuqurlaşgan integratsiya töğrisidagi «yöl xaritasi»da belgilangan qandaydir şartlarga köndirmoqçi yoki Rossiyaning neft sohasidagi soliq manyovrlari uçun kompensatsiya olişdan voz keçişga majbur qilmoqçi», - deydi u.

Lukaşenko muqobil neft manbalarini qidirmoqda

Moskva bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanişi bilanoq Aleksandr Lukaşenko neftni muqobil manbalar orqali yetkazib beriş töğrisida topşiriq berdi.

«Gap birinçi navbatda Boltiqdagi portlardan temir yöl transporti orqali yetkaziş hamda «Drujba» neft quvuridan muqobil yetkazib beriş yöllarini topiş töğrisida bormoqda», - deyiladi Belarus prezidenti matbuot xizmati xabarida.

«Naşe mneniye» ekspert markazi rahbari Valeriya Kostyugovaning sözlariga köra, bu bilan faqatgina içki bozor talabini qondiriş mumkin, ammo eksport qiliş imkoni bölmaydi.  Dmitriy Kruk esa neftni temir yöl transporti orqali olib keliş Belarus uçun moliyaviy jihatdan nomaqbul deb hisoblamoqda.

Belarusga neft yetkazib beriş boşlandi

4 yanvar kuni «Belneftexim» konserni raisi örinbosari Vladimir Sizov Belarusdagi neftni qayta işlaş zavodlariga Rossiya neftini yetkazib beriş boşlanganini ma'lum qildi.

U yetkazib beriladigan hajm muntazam ravişda oşirilib borilişini ta'kidladi.

Şu bilan birga, Rossiyaning «Transneft» kompaniyasi Belarusdagi Novopolotskiy neftni qayta işlaş zavodiga 130 ming tonna neft yetkazib beriş töğrisida ariza tuşganligini ma'lum qildi. 

Avvalroq TASS manbasi Rossiya Belarusga neft yetkazib berişni davom ettirişga roziligini, faqat 2019 yilgi bozor şartlarida hamkorlik qilinişini taklif etayotganligini aytgandi.

«Rossiya kompaniyalari bu şartlarni saqlab qolişni taklif qildi, ammo Belarus tomoni neft yetkazib berilişini rad etdi», - dedi agentlik suhbatdoşi.

Neft nizosining avj olişi heç kim uçun foydali emas

Ekspertlarning barçasi Minsk va Moskva özaro kelişib oladi va 2020 yil uçun şartnoma imzolaydi degan fikrni bildirdi.

Neft sohasida Belarusning mavqei ança ustun, çunki Rossiya nefti tranziti Belarus hududidan ötadi.

«Belarus tranzitni çeklaşi yoki Moskva narx borasida yon berişi uçun 2006 yildagi kabi neft trasportirovkasi narxini kötarişi mumkin», - deydi Dmitriy Kruk.  

Nizoning avj olişi har ikki tomon uçun foydali emas, deydi Andrey Kazakeviç, çunki şartnoma tuzilmasligi Rossiya uçun moliyaviy yöqotiş demakdir.

«Ikki davlat örtasidagi munosabatlarda köp muammolar bor, ammo bunday körinişdagi qarama-qarşilik kelgusida Belarusni Rossiya ta'sir doirasidan çiqib ketişga majbur qilişi mumkin», - deb hisoblaydi u.