AQŞning Luizina ştati "Barksdeyl" aviabazasidagi oltita B-52 strategik bombardimonçi samolyoti Hind okeanidagi Diyego-Garsiya oroliga keltirildi, deb xabar berdi Fox News.

Telekanalning bildirişiça, baza Eronning janubiy çegarasidan 3700 kilometr masofada joylaşgan.

Xabar qilinişiça, har bir bombardimonçi samolyot sakkizta dvigatel bilan jihozlangan bölib, köp miqdorda qurol, qanotli raketalar, lazer boşqaruvli bombalar va gravitatsion atom bombalarini taşişga möljallangan.

3 yanvar kuni Bağdoddagi aeroportda amerikalik harbiylarning aviazarbasi oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bölinmasi qömondoni general Qosim Sulaymoniy öldirildi. 

Rasmiy Tehron generalning ölimi uçun Vaşingtondan qasos olinişini ma'lum qildi.