Eron prezidenti Hasan Ruhoniy «Al-Quds» bölinmasi qömondoni general Qosim Sulaymoniyning amerikaliklar tomonidan öldirilişini inson qölini yöqotişi bilan tenglaştirdi va bu harakat javobsiz qolmasligiga va'da berdi.
«Siz general Sulaymoniy bilan boğliq holatda qölimizni kesdingiz. Biz esa mintaqamizda oyoqlaringizni kesib taşlaymiz», - deya Ruhoniy sözlaridan iqtibos keltirmoqda Eron naşrlari.
8 yanvar kuni Eron AQŞning Iroqdagi koalitsion kuçlari obektlariga hujum qildi.
AQŞ Markaziy qömondonligi ma'lumotlariga köra, jami 15ta raketa uçirilgan. Ulardan 10tasi Ayn al-Asad aviabazasiga, bittasi Iroq şimolida joylaşgan Arbildagi bazaga kelib tuşgan, törtta raketa esa nişongaça yetib bormagan. Iroq rasmiylari Eron tomondan 22ta raketa uçirilganini ma'lum qildi.
Eron AQŞ harbiy bazalariga uyuştirilgan hujumni «munosib javob» va «öz-özini mudofaa qiliş» deb atadi.
«Eron BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq öz-özini mudofaa qiliş maqsadida bizning fuqarolarimiz va yuqori martabali şaxslarimizga qarşi qörqoqlarça hujum boşlangan harbiy bazani nişonga olib, munosib çoralar kördi. Eron keskinlikni oşiriş yoki uruş keltirib çiqariş uçun harakat qilmaydi, biroq har qanday agressiyadan himoyalanadi», deya yozdi Eron TIV rahbari Zarif tvitterdagi sahifasida.
Iran took & concluded proportionate measures in self-defense under Article 51 of UN Charter targeting base from which cowardly armed attack against our citizens & senior officials were launched.
— Javad Zarif (@JZarif) January 8, 2020
We do not seek escalation or war, but will defend ourselves against any aggression.
Keyinroq Eron davlat televideniyesi uşbu hujum oqibatida AQŞ harbiy xizmatçilaridan 80 nafari öldirilgani haqida xabar tarqatdi. Efirda hujum qurbonlari «amerikalik terrorçilar» deb atalgan. Pentagon bu ma'lumotga izoh bermadi, ammo avvalroq halok bölganlar haqida ham ma'lumot kelib tuşmagan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronning Iroqdagi Amerika bazalariga uyuştirgan hujumi yuzasidan «keçroq» bayonot berişni va'da qildi.
«Hammasi yaxşi! Raketalar Erondan Iroqda joylaşgan ikkita harbiy baza tomon uçirilgan. Hammasi köngildagidek ketmoqda! Bugungi kunda bizda jahondagi eng qudratli va eng yaxşi ta'minlangan harbiylar bor! Men (Amerika vaqti bilan) tongda bayonot beraman», deb yozdi Tramp tvitterdagi sahifasida.
All is well! Missiles launched from Iran at two military bases located in Iraq. Assessment of casualties & damages taking place now. So far, so good! We have the most powerful and well equipped military anywhere in the world, by far! I will be making a statement tomorrow morning.
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) January 8, 2020
Avvalroq Eron oliy ruhoniysi oyatulloh Ali Xominaiy amerikaliklar mintaqani tezroq tark etişlari zarurligini ta'kidlagandi.
Eslatib ötamiz, Islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al-Quds» maxsus bölinmasi qömondoni general Qosim Sulaymoniy 3 yanvar kuni Bağdoddagi aeroportda amerikalik harbiylarning aviazarbasi oqibatida öldirildi.













