«Davlatga xoinlik qiliş»da ayblanib qölga olingan sobiq diplomat Qodirjon Yusupov Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan davlatga xoinlik qiliş jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topildi va unga 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Bugun, 2020 yil 9 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Harbiy sudida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 157-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan sobiq diplomat Q. Yusupovga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.
Bir neça oy davomida ötkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvçi va guvohlarning körsatmalari tinglanib tahlil qilindi. DXX Tergov boşqarmasi tomonidan töplangan dalillarga baho berilib, sudlanuvçining vajlari tekşirildi.
Sud jinoyat işi materiallarini har tomonlama va töliq örganib, sudlanuvçi Q.Yusupov davlatga xoinlik qiliş jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topdi.
Sudlanuvçiga nisbatan jazo çoralarini belgilaşda sud Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat qonunçiligida belgilangan insonparvarlik va adolat tamoyillariga ham asoslandi.
Natijada, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvçining şaxsi, oilaviy ahvoli kabi jazoni yengillaştiruvçi va oğirlaştiruvçi holatlar e'tiborga olinib, K.Yusupovga 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi», deyiladi Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligining sobiq amaldori, Özbekistonning Avstriya, Buyuk Britaniya va Yaqin Şarq mamlakatlaridagi elçixonalarida, şuningdek Özbekistonning BMT va YeXHTdagi doimiy vakolatxonasida işlagan, 2002-2005 yillarda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmatini boşqargan Qodirjon Yusupov 2019 yil boşida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qölga olingan, unga Jinoyat kodeksining 157-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etiş töğrisida ayblov («davlatga xoinlik qiliş» e'lon qilingandi.
2019 yilning iyunida 67 yoşli Qodirjon Yusupov işi böyiça sud jarayoni boşlangandi.








