Davlatga xiyonatda ayblanib, qamoqqa olingan sobiq özbek diplomati Qodir Yusupov 73 yoşida vafot etdi. Bu haqda xalqaro inson huquqlari taşkiloti – Norvegiya Xelsinki qömitasi xabar berdi. Huquq taşkilotlariga köra, Yusupov ruhiy kasallikdan aziyat çekayotgan bölgan.

Qodirjon Yusupov Taşqi işlar vazirligining sobiq xodimi. Ötgan yillar davomida Özbekistonning Avstriya, Buyuk Britaniya, Sudan, Yaqin Şarq mamlakatlaridagi elçixonalarida, şuningdek, Özbekistonning BMT va YeXHT doimiy vakolatxonasida işlagan. 2009 yilda u xizmat muddati tugaşi munosabati bilan Venadan Toşkentga qaytib keldi.

2018 yil 3 dekabr kuni u Toşkent şahridagi «Puşkin» metro bekatida relslarga yiqilib tuşdi. Uning oilasi bu oğir psixologik holat tufayli öz joniga qasd qilişga uriniş bölganini ma’lum qilgan edi.

Sobiq diplomat jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizildi. 10 dekabr kuni Qodirjon Yusupov xorijiy davlatlar foydasiga davlatga xiyonat qilganlikda ayblanib hibsga olindi va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 157-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilindi.

Harbiy sud işni 2019 yil 24 iyun kuni körişni boşladi. Jinoyat işi böyiça sud majlislari yopiq eşiklar ortida ötkazildi. Diplomat 2020 yil yanvarida davlatga xiyonatda ayblanib, 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Qodirjon Yusupov 10 iyun kuni jazoni töliq ötab, ozodlikka çiqdi. Jazoni ötaş muddati hibsga olingan kun — 2018 yil 10 dekabrdan boşlab hisoblangan.