Özbekiston Taşqi işlar vazirligining sobiq amaldori, Özbekistonning YeXHTdagi (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti) vakili lavozimida işlagan, «davlatga xoinlik qiliş»da ayblanib qölga olingan Qodirjon Yusupov öz aybiga iqrorlik töğrisidagi hujjatlarni bosim ostida imzolaganini iddao qilmoqda. Bu haqda ayblanuvçining yaqin qarindoşlari Kun.uz'ga ma'lum qildi. 

«Bir muddat u muhtoj bölayotgan dori-darmonlarni yetkazib berişda muammolar böldi. Qodirjon tuşunarsiz vajlar bilan oilasi tomonidan yollangan advokatni rad etgandi. Keyinçalik uning oilasiga yöllagan maktubida bularning barçasi psixologik bosim ostida amalga oşirilganini ma'lum qilgan», — deydi suhbatdoş.

DXX Tergov boşqarmasi boşliği imzolagan xatda ayblanuvçi öz xohişi bilan advokat Paşkovskiy xizmatini tanlamaganini bildirgan. Unga nisbatan psixologik yo jismoniy bosim bölmagani ta'kidlanadi.

ÖzJK 157-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etiş da ayblanayotgan Yusupov aprel yakuniga qadar oila a'zolari bilan uçraşiş imkoniyatiga ega bölmadi. Şunga qaramay, Yusupov öz taşabbusi bilan davlat budjeti hisobiga yollangan advokatdan voz keçib, oilasi tomonidan taklif etilgan advokat Paşkovskiyni tanlaşini bildirgan. 

Kun.uz muxbiriga ma'lum bölişiça, Paşkovskiy himoyasi ostida bölgan şaxs bilan uçraşişga muvaffaq böldi. Ayni paytda Qodirjon Yusupovga nisbatan tergov yakunlanib, uning masalasi sudda körib çiqilişi kutilmoqda.

2018 yil 3 dekabr kuni Toşkent metropolitenining «Puşkin» metro bekatidagi temir yöl relsiga yiqilib tuşgan Qodirjon Yusupov yengil tan jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgandi.

Özbekiston Respublikasining Avstriya, Buyuk Britaniya va Yaqin Şarq mamlakatlaridagi elçixonalarida, şuningdek Özbekistonning BMT va YeXHTdagi doimiy vakolatxonasida işlagan, 2002-2005 yillarda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmatini boşqargan Yusupov şifoxonadan keyin töğridan-töğri DXX hibsxonasiga olib ketilgan.

2015 yildan buyon Yusupovning salomatligini kuzatib kelayotgan şifokor Vladimir Dyakov ayblanuvçi psixologik holatida noodatiy özgarişlar bölgani, şu tufayli u muntazam körik va muolajada bölişini aytgandi. 

Biroq Boş prokuratura tomonidan DXX Tergov izolyatorida saqlanayotgan Qodirjon Yusupovning ruhiy holati qoniqarli ekani tasdiqlanmoqda.