2020 yil yanvarida davlatga xiyonatda ayblanib, 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan sobiq diplomat Qodirjon Yusupov 10 iyun kuni jazoni töliq ötab, ozodlikka çiqdi. Bu haqda bir neça inson huquqlari taşkilotlari xabar berdi. Jazoni ötaş muddati hibsga olingan kun - 2018 yil 10 dekabrdan boşlab hisoblangan. 

Qodirjon Yusupov Taşqi işlar vazirligining sobiq xodimi. Ötgan yillar davomida Özbekistonning Avstriya, Buyuk Britaniya, Sudan, Yaqin Şarq mamlakatlaridagi elçixonalarida, şuningdek, Özbekistonning BMT va YeXHT doimiy vakolatxonasida işlagan. 2009 yilda u xizmat muddati tugaşi munosabati bilan Venadan Toşkentga qaytib keldi. 

2018 yil 3 dekabr kuni u Toşkent şahridagi «Puşkinskaya» metro bekatida relslarga yiqilib tuşdi. Uning oilasi bu oğir psixologik holat tufayli öz joniga qasd qilişga uriniş bölganini ma’lum qilgan edi. 

Sobiq diplomat jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizildi. Şu kuni Qodirjon Yusupov xorijiy davlatlar foydasiga davlatga xiyonat qilganini tan olgan. 10 dekabr kuni u hibsga olindi va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 157-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, 12 dekabr kuni qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllandi. 

Harbiy sud işni 2019 yil 24 iyun kuni körişni boşladi. Jinoyat işi böyiça sud majlislari yopiq eşiklar ortida ötkazildi.