AQŞ qurolli kuçlari qömondonligi Iroqda raketaga qarşi mudofaa vositalari yöqligi sababli Eron tomonidan Iroqdagi Qöşma Ştatlar obektlariga yönaltirilgan ballistik raketalarni urib tuşirmaslikka qaror qilgan. Bu haqda Fox News telekanali Pentagondagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Manbalarning ma'lumot berişiça, AQŞning Patriot va Avenger zenit-raketa majmualari Yaqin Şarqning boşqa nuqtalarida joylaşgan.
"Biz keyingi ikki yil davomida diqqatimizni IŞIDni yakson qiliş va Iroqdagi kamsonli harbiylarimizni saqlaşga qaratgandik. Bizga IŞIDga qarşi kuraşda raketaga qarşi tizimning keragi yöq edi", - degan manbalardan biri.
8 yanvarga ötar keçasi Iroq ğarbidagi AQŞ askarlari joylaşgan Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi Eron tomonidan raketa hujumiga uçradi. Hujum eronlik general Qosim Sulaymoniyning ölimi uçun öç oliş harakati deb ataldi.












