2019 yilda milliy valutaning almaşuv kursi dinamikasi valuta bozoridagi talab va taklifning joriy nisbatidan kelib çiqib, içki va taşqi omillar ta'sirida şakllandi.
Markaziy bankning 2019 yilda içki valuta bozori va uning rivojlaniş tendensiyalariga doir şarhida aytilişiça, bunda valuta bozorida talab va taklifning bir maromda oşişi şaroitida, maqsadli sotuv hajmlariga nisbatan intervensiyalar hajmi kam bölganligi sababli, birinçi yarim yillik davomida valuta birjasidagi savdo sessiyalarida milliy valuta AQŞ dollariga nisbatan 2,8 foizga qadrsizlandi.
2019 yilning iyul va avgust oylarida savdo hamkorlar bölgan ayrim davlatlar valutalari devalvatsiyasi va buning natijasida yuzaga kelgan devalvatsion kutilmalarning ortişi, şuningdek, içki valuta bozorida çet el valutasiga bölgan talabning ösişi natijasida milliy valuta 10,2 foizga qadrsizlandi.
2019 yil davomida valuta birjasi savdolarida sömga nisbatan AQŞ dollarining dinamikasi
(söm/AQŞ doll.)

2019 yilning keyingi oylarida sömning almaşuv kursi nisbatan barqaror bölib, sentabr-noyabr oylari davomida 1,3 foizga qadrsizlangan bölsa, dekabr oyida 0,1 foizga mustahkamlandi.
Umuman olganda, 2019 yil davomida milliy valutaning AQŞ dollariga nisbatan almaşuv kursi yil boşiga nisbatan 13,9 foizga qadrsizlandi (8341 söm/doll.dan 9501 söm/doll.gaça).
Bundan oldin, 2019 yilda fuqarolar tomonidan qança dollar sotilgani va sotib olingani ma'lum bölgandi.












