Qirğiziston - Tojikiston davlat çegarasining bir qismida, 9 yanvardan 10 yanvarga ötar keçasi navbatdagi keskin vaziyat kuzatildi.

Qirğiziston Davlat çegara xizmatining jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, 9 yanvardan 10 yanvarga ötar keçasi Qirğiziston Respublikasi Botken viloyatining Jaka-Oruk hududida noma'lum şaxslar Botken şahriga ketayotgan Qirğiziston fuqarosiga tegişli avtomobilni toşböron qilişgan. Noma'lum şaxslar Tojikiston hududida yaşirindi.

Qirğiziston huquq-tartibot idoralari ma'lumotiga köra, maşinada bölganlar orasida jabrlanganlar bor. Avtomobilning orqa va yon oynalari sinib ketgan.

Oradan taxminan bir soat ötgaç, Koço-Qorin hududida Tojikiston fuqarolari Botkendan Kök-Toş qişloğiga qarab ketayotgan yana bir Qirğiziston fuqarosining maşinasiga toş otişgan. Natijada, maşinaning old oynasi singan.

Taxminan soat 02:40larda Tojikiston fuqarolari Dahma aholi punktida Qirğiziston fuqarosining uyini toşböron qilişgan. Çegaraçilar huquq-tartibot idoralari vakillari bilan birga Qirğiziston fuqarosining uyiga yöl olişgan vaqtda, Tojikiston hududidan kiçik kalibrli ov miltiği orqali öqqa tutilganlar. Öq otiş orada uzilişlar bilan kuzatilgan, öqlar faqat tojikistonliklar tomonidan otilgan.

Botken viloyatida joylaştirilgan çegara bölinmalari kuçaytirilgan rejimda xizmat olib bormoqda.

Keyinçalik, mahkamaning xabar berişiça, Qirğiziston - Tojikiston davlat çegarasi qismida vaziyat keskinlaşuv elementlari bölgan holda, nisbatan barqaror bölib turibdi.

Davlat çegarasining qirğiz-tojik qismidagi nazorat-ötkaziş punktlari odatiy rejimda işlamoqda.