«2019 yil 27 dekabr kuni «Facebook» va «Telegram» ijtimoiy tarmoqlarida “Mingbuloq tuman hokimi fermerlarni sökib taşladi” mavzusida tarqatilgan audioyozuvdagi holatlar yuzasidan Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazildi.
Aniqlanişiça, 2019 yil 9 dekabr kuni soat 10:00da Mingbuloq tumani, «Mehnatobod» MFY hududidagi «Gigant» muqobil maşina traktor parki saroyida Mingbuloq tuman hokimi vazifasini bajaruvçi N.Xudoyberdiyev rahbarligida texnika va kuzgi-qişki agrotexnik tadbirlar yuzasidan yiğiliş ötkazilib, unda tumandagi «Gigant», «Guliston», «Gulboğ-1» MMTP hududlari raislari hamda qişloq xöjaligi texnikasi mavjud fermer xöjaliklari rahbarlari iştirok etgan.
Yiğiliş davomida tuman hokimi vazifasini bajaruvçi N.Xudoyberdiyev «Guliston daça» fermer xöjaligi iş boşqaruvçisi M.Xalilov va boşqa fermer xöjaliklari rahbarlarini qişloq xöjaligi texnikalarini ta'mirlamayotgani, sustkaşlikka yöl qöyib kelayotganlari xususida tanbeh berib, söng haqorat qilgani hamda ularning şa'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganligi aniqlangan.
Tekşiriş natijasiga köra, Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan N.Xudoyberdiyevga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-moddasi bilan ma'muriy huqubuzarlikka doir iş qözgatiş haqida qaror qabul qilinib, ma'muriy çora qöllaş uçun töplangan hujjatlar Mingbuloq tumani ma'muriy sudiga yuborilgan.
Mingbuloq tumani ma'muriy sudining 2020 yil 10 yanvardagi qaroriga köra, N.Xudoyberdiyev MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan şaxs deb topilib, unga nisbatan qayd etilgan modda bilan bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma baravari miqdorida, ya'ni 4 mln. 460 ming söm miqdorida jarima jazosi tayinlangan», deyiladi Boş prokuratura xabarida.
Eslatib ötamiz, 2 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi Nurşod Xudoyberdiyevga mansubligi ta'kidlangan audioyozuv tarqalgandi. Unda tuman hokimi qöl ostidagilarni turli sözlar bilan haqoratlagani körsatilgandi.
3 yanvar kuni Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov iştirokida ötkazilgan yiğilişda uşbu holat muhokama qilingan, tuman hokimi öz xatti-harakatlari uçun tanqidga uçragan, Nurşod Xudoyberdiyev puşaymonligini aytgan, yiğilganlardan hamda tuman xalqidan keçirim söragandi.












