Ma’lum qilinişiça, kelişuv Bokuda bölib ötgan COR29 tadbirlari doirasida imzolangan.

"Yangi şamol elektr stansiyasi quriliş vaqtida 1000 ta, foydalaniş davrida esa 60 ta iş örni yaratiladi va qurib bitkazilgandan söng viloyatdagi 300 ming xonadon toza energiya bilan ta’minlanadi. Bitim Masdar va Özbekiston örtasidagi strategik şeriklikni mustahkamlaydi hamda mamlakatda uçta şamol elektr stansiyasini quriş böyiça kengroq strategiyaning birinçi bosqiçini belgilaydi", –deb yozadi Prnewswire.

Naşrda ötgan yili Masdar Özbekistonda 2 GVt quvvatga ega yangi şamol loyihalarini amalga oşiriş böyiça şartnoma imzolagani va Mingbuloq şamol elektr stansiyasidan taşqari kompaniya tarkibiga yana ikkita obekt – Qoraqalpoğistondagi Akpetki va Navoiy viloyatidagi Buzaubay kirişi ma’lum qilingan.

Qayd etilişiça, Birlaşgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl bin Muhammad al-Mazrui BAA va Özbekiston barqaror rivojlaniş hamda qayta tiklanadigan energiyaga doir öxşaş qaraşlarga ega ekanligini va bu hamkorlik Özbekistonda, şuningdek, xorijda nol çiqindilar bilan toza energiyani rivojlantirişga xizmat qilişini ta’kidladi.

Yangi şamol elektr stansiyasi loyihasi Özbekistonning qayta tiklanadigan energiya manbalari portfeli ösişiga hissa qöşadi.