AQŞning Iroqdagi Ayn-al-Asad harbiy bazasidagi amerikalik harbiylar Eronning zarbasidan oldindan ogohlantirilgan. Harbiylardan aksariyati zarbadan 2,5 soat oldin panohgohlarga yaşirinib olişgan. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Telekanal jurnalistlari uşbu obektga taşrif buyurib, harbiylardan yuqoridagi axborotni olişgan. Ta'kidlanişiça, AQŞ tomoni Eron bazaga hujum qilmoqçiligidan xabar topgan, biroq Tehron buni qanday tarzda amalga oşirmoqçiligidan bexabar bölgan. Jurnalistlar ma'lumot qayerdan olinganini oçiqlaşmagan.

Ma'lum qilinişiça, zarbalar bazaning odatda amerikalik harbiylar tomonidan egallanadigan qismiga berilgan. Bu qismga obekt hududining törtdan biri töğri keladi. Telekanal ma'lumotlariga köra, ba'zi raketalar amerikaliklar yaşiringan panohgohlardan bir neça metr narida portlagan. 

Yaqin Şarqdagi vaziyat 3 yanvarda amerikalik harbiylar tomonidan eronlik general Qosim Sulaymoniy öldirilgandan keyin keskinlaşgan. Tehron bunga javoban amerikalik harbiylar Iroqda foydalanadigan ikkita obekt – Ayn-al-Asad bazasi va Erbil aeroportiga zarbalar bergan. Ta'kidlanişiça, zarbalar oqibatida heç kim jabr körmagan.