2020 yil 9 yanvar kuni soat 23:17da Toşkent şahri Çilonzor tumani Bunyodkor va Furqat köçalari çorrahasida BMW hamda «Lasetti» rusumli avtomaşinalar iştirokida yöl transport hodisasi yuz bergandi.

YTH oqibatida BMW rusumli avtoulovning motor va salon qismi hamda «Lasetti» rusumli avtoulovning salon qismida yonğin sodir bölgan va 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 2 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan. IIBB BMW avtomobili haydovçisi YTH joyidan yaşiringani haqida xabar bergandi.
Katta şov-şuv va muhokamalarga sabab bölgan bu hodisa böyiça asosiy gumondor şaxsi aniqlangan va qölga olingan. U mazkur avtomobil egasi K. M.ning öğli 30 yoşli Nurbek T. bölgan. Hodisa yuz bergan paytda Nurbek mast holatda ekanligi narkologik ekspertiza xulosalariga köra tasdiqlangan. Hodisa natijasida BMW haydovçisi yengil tan jarohati olgani ham ma'lum böldi. Sud tomonidan gumondorga nisbatan ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa oliş çorasini belgilangan. Tergov harakatlari davom etmoqda-, deyiladi IIBB xabarida.











