Respublikada tez ösuvçi va sanoatbop pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qiliş çora-tadbirlari qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining muhokama uçun e'lon qilingan qarori loyihasiga köra, Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasining respublika böyiça tuproq va iqlim şaroitidan kelib çiqib, suv tanqis, yer osti suvlari 30 metr çuqurlikda joylaşgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarda hamda örmon fondining suv tanqis yoki tuproği şör bölgan yerlarida pavlovniya plantatsiyalarini taşkil qiliş böyiça takliflariga rozilik berilişi mumkin.
Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi, Toşkent davlat agrar universiteti olimlari hamda viloyatlar hokimliklari iştirokida pavlovniya plantatsiyalarini taşkil qiliş va moliyalaştiriş manbalarini aniqlaş böyiça tuzilgan Işçi guruhi tasdiqlanadi.
Işçi guruhining asosiy vazifasi etib quyidagilar belgilanadi:
soha olimlarini jalb qilgan holda pavlovniya daraxtining biologik xususiyatidan hamda hududlarning tuproq-iqlim şaroitidan kelib çiqib, plantatsiyalar taşkil etiladigan hududlarni örganib çiqiş;
kelajakda olinadigan xom-aşyo mahsuldorligini oşiriş, qayta işlaşga va eksportga qulay şaroit yaratiş maqsadida pavlovniya plantatsiyalarini barpo etiş uçun har bir loyiha böyiça kamida 100 gektardan kam bölmagan yer maydonlarini ajratilişini taşkil etiş;
pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etiş uçun moliyalaştiriş manbalarini aniqlaş;
amalga oşirilgan işlar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga har çorak yakunida axborot taqdim etib boriladi.
Quyidagilar:
respublika böyiça tuproq va iqlim şaroitidan kelib çiqib, suv tanqis, yer osti suvlari 30 metr çuqurlikda joylaşgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarda hamda örmon fondining suv tanqis yoki tuproği şör bölgan yerlarida sinov tariqasida 2020-2024 yillarda pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etiş prognoz körsatkiçlari;
pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo etiş 2020-2024 yillarda talab qilinadigan köçatlar miqdori prognoz körsatkiçlari tasdiqlanadi.
Foydalanilmayotgan, zaxira maydonlaridan töğridan-töğri investitsiya kiritadigan pavlovniya yetiştiruvçi talabgorlarga yer maydoni tanlov ötkazmasdan tuman hokimlari qarori asosida ajratilişiga ruxsat beriladi.
Örmon xöjaligi davlat qömitasi va Toşkent davlat agrar universiteti, respublikada ilm-fan va innovatsion texnologiyalarga asoslangan uruğsiz, steril pavlovniya duragay köçatlarini in-vitro, qalamça va boşqa vegetativ usullarda tayyorlaş va köpaytiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqib, özlarining veb-saytlariga joylaştirişadi.
Asalariçilar uyuşmasi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi asal yetiştiruvçilari va pavlovniya plantatsiyalarini barpo qilişni amalga oşirgan xöjalik yurituvçi sub'yektlarni özaro hamkorligini taşkil etişadi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi va Örmon xöjaligi davlat qömitasi bilan birgalikda pavlovniya daraxtlarini plantatsiyalarini taşkil etiş böyiça loyiha takliflarini işlab çiqib, xalqaro moliya institutlari va donor taşkilotlarning mablağlarini jalb etiş çoralari köriladi.
«Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi quriliş materiallari sanoatida yoğoç va yoğoç-qirindi xom-aşyosi sifatida pavlovniyani işlatiş imkoniyatlarini xorijiy innovatsion tajribasini örganib çiqib, örganişlar natijasida işlab çiqaruvçilarga mahsulotni yetiştiriş muddati va hajmlaridan kelib çiqib buyurtma beriş böyiça buyurtmalar portfelini şakllantirib boriş vazifasi yuklatiladi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi respublikada mebel va quriliş sanoatida, energetika, tibbiyot hamda obodonlaştirişda pavlovniyani keng qöllaş böyiça talab va taklifni örganib çiqib, sohalar kesimida pavlovniya xom-aşyosiga bölgan talabni hamda qöşilgan qiymat hosil qiluvçi tayyor mahsulot işlab çiqariş böyiça texnologik jarayonlarini (TEO) işlab çiqişadi.












