Özbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elçixonasi bergan ma'lumotga köra, Xitoy rasmiy idoralari 2020 yil 11 yanvar kuni Uxan şahrida koronavirusning yangi tipidan vafot etgan birinçi fuqaro haqida xabar berdi. 

TIV xabarida aytilişiça, Uxan şahri soğliqni saqlaş masalalari böyiça qömitasi tarqatgan ma'lumotga binoan bugungi kunda 40 dan oşiq kişi kasallangan, yana yuzga yaqin kişi tibbiy kuzatuv ostida.

Kasallik tarqatuvçisi «koronavirusning avval ma'lum bölmagan tipi» hisoblanadi. Olimlar tomonidan virus genomi örganib çiqildi.

Elçixona konsullik bölimi Uxan şahrida bölib turgan Özbekiston fuqarolari bilan tuşuntiriş işlari ötkazdi.

Yuqoridagilardan kelib çiqqan holda, TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy, xususan uning Xubey provinsiyasi va Uxan şahrida bölib turgan yoki bormoqçi bölgan özbekistonliklarni zaruriy ehtiyot çoralarini körişga çaqirgan.