Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalaş darajasini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Quyidagilar:

a) Qişloq xöjaligi vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklarining:

birinçi bosqiçda (2020-2022 yillar) Jizzax, Qaşqadaryo, Sirdaryo va Toşkent viloyatlarida;

ikkinçi bosqiçda (2023-2026 yillar) respublikaning qolgan hududlarida paxta hosilini yiğiştirib olişni mexanizatsiyalaşni joriy etişni jadallaştiriş;

b) Moliya vazirligi va Qişloq xöjaligi vazirligining Jizzax, Qaşqadaryo, Sirdaryo va Toşkent viloyatlaridagi qişloq xöjaligi taşkilotlari tomonidan paxta teriş işlariga jalb qilinadigan paxta teriş maşinalari xizmatidan foydalanganlik uçun xarajatlarning 30 foizini Moliya vazirligi tomonidan qoplab beriş amaliyotini 2020 yilda saqlab qoliş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.

Boş vazirining maslahatçisi - “Özagrotexsanoatxolding” AJ boşqaruvi raisi N.S. Otajonov, qişloq xöjaligi vazirining birinçi örinbosari Ş.J. Teşayev hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining va viloyatlar hokimlarining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosarlariga:

paxtani maşinada teriş uçun ajratilgan yerlarni barvaqt tayyorlaş bilan boğliq masalalarni muvofiqlaştiriş;

paxta teriş texnikasini işlab çiqariş va realizatsiya qilişni öz vaqtida taşkil etiş böyiça işlar samarali olib borilişini ta'minlaş;

2020-2026 yillarda qişloq xöjaligi texnikasini lizing asosida realizatsiya qilişni moliyalaştiriş mexanizmini işlab çiqiş;

paxtani terib olişni jadal mexanizatsiyalaş böyiça belgilangan vazifalar öz vaqtida bajarilişi ustidan doimiy monitoring olib boriş va nazorat qiliş böyiça şaxsni mas'uliyat yuklandi.

Quyidagilar:

2020 - 2026 yillarda “Özagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi taşkilotlar tomonidan paxta teriş maşinalari işlab çiqariş va respublika hududlariga yetkazib beriş prognozi;

2020 - 2026 yillarda respublikada paxta terimini mexanizatsiyalaş darajasini oşiriş va paxta teriş maşinalarini işlab çiqarişni taşkil etiş çora-tadbirlari rejasi ma'qullandi.

Davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari va boşqa taşkilotlar rahbarlari - mas'ul ijroçilar uşbu tadbirlarning öz vaqtida amalga oşirilişini va hisobot davridan keyingi oyning 7-kuniga qadar har oyda Vazirlar Mahkamasiga Çora-tadbirlar rejasi ijrosi böyiça ma'lumot taqdim etilişini ta'minlaydilar.

Qişloq xöjaligi vazirligi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

paxta maydonlarining agrofonini maşina yordamida teriş uçun sifatli tayyorlaş, şu jumladan, tegişli çigit navlarini tanlaş, ekiş, qatorlar orasiga işlov beriş, defoliatsiya qiliş, yer maydonlarini tayyorlaş va hosilni yiğiştirib oliş;

maşina terimiga ajratilgan dalalarning qatorlar orasini ustun darajada 76 sm kenglikda tayyorlaş agrotexnik tadbirlarini bajarib, çigit navlarini tanlaş va ekişni ta'minlaydi.

“Özagroservis” AJ:

paxtani mexanizatsiyalaştirilgan usulda teriş uçun paxta maydonlarining agrofonini şakllantirişda iştirok etuvçi texnikaning sifatli tayyorlanişi;

zamonaviy paxta teriş maşinalarida işlaş uçun texnikani işlatiş böyiça mexanik-haydovçilar va muhandislar tayyorlanişi;

paxta teriş maşinalariga servis xizmati körsatiş va ehtiyot qismlar hamda texnologik materiallar bilan öz vaqtida ta'minlaş uçun mutaxassislarning mobil brigadalari taşkil etilişini ta'minlaydi.

“Özagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi taşkilotlarga istisno tariqasida:

tenderlar yoki tanlov savdolari ötkazmasdan eng yaxşi takliflarni tanlab oliş yöli bilan qişloq xöjaligi texnikasi işlab çiqariş uçun butlovçi buyumlar, xomaşyo va materiallar sotib olişga, transport xizmatlari va boşqa xizmatlar böyiça töğridan-töğri şartnomalar tuzişga;

butlovçi buyumlar, xomaşyo va materiallarni import qilişda tovarlar erkin muomala (import) uçun çiqarişning bojxona rejimiga joylaştirilgan sanadan boşlab qöşilgan qiymat soliğini tölaşni 270 kun keçiktirib amalga oşirişga ruxsat berildi.

“Özagrotexsanoatxolding” AJ qişloq xöjaligi texnikasini işlab çiqariş uçun butlovçi buyumlar, xomaşyo va materiallar sotib oliş hamda transport xizmatlari va boşqa xizmatlar böyiça tuziladigan şartnomalarning asoslanganligi va ulardan maqsadli foydalanilişi ustidan nazoratni ta'minlaydi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qiliş markazi” davlat unitar korxonasi qişloq xöjaligi texnikasini işlab çiqariş uçun butlovçi buyumlar, xomaşyo va materiallarni sotib oliş uçun, transport xizmatlari va boşqa xizmatlar böyiça texnik şartlar import şartnomalar tuşgan kundan boşlab uç kun muddatda ekspertizadan ötkazilişini va tegişli xulosalar berilişini ta'minlaydi.

“Özagrotexsanoatxolding” AJ va “Asaka” ATBning savdo moliyalaştirişi liniyalaridan, şu jumladan, xorijiy banklar liniyalari vositalaridan foydalanib, paxta teriş maşinalari işlab çiqariş uçun butlovçi buyumlar, xomaşyo va materiallarni xarid qilişni moliyalaştiriş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Belgilanişiça, “Özagrotexsanoatxolding” AJning paxta teriş maşinalarini sotişdan tuşgan pul mablağlari soliqlar va budjet oldidagi boşqa majburiy tölovlar amalga oşirilgandan söng işlab çiqaruvçi taşkilotlar tomonidan “Asaka” ATB oldidagi kreditlarni qaytarişga yönaltirilişi yöli bilan ajratilgan kundan boşlab 1 yildan oşmagan muddatda paxta teriş maşinalarini işlab çiqariş uçun butlovçi buyumlar, xomaşyo va materiallar xaridining savdo moliyalaştirilişi böyiça qarzdorlik töliq qaytarilişi ta'minlanadi.

“Asaka” ATBga:

paxta teriş maşinalarini işlab çiqariş uçun butlovçi buyumlar, xomaşyo va materiallarni xarid qilişni moliyalaştirişda ta'minot sifatida “Özbekinvest” kompaniyasi va boşqa suğurta taşkilotlarining yillik 0,5 foiz miqdoridagi imtiyozli tarif böyiça suğurta polislarini qabul qiliş;

“Özagrotexsanoatxolding” AJning özaro boğliq qarzdorlari guruhiga bankning eng yuqori tavakkalçiligini hisoblaşda kreditlar böyiça qarzdorlikni paxta teriş maşinalari işlab çiqaruvçilariga hisoblamaslik tavsiya etildi.

Belgilanişiça, Jahon bankining kredit liniyalari va Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oşiriş agentligi tomonidan moliyalaştiriladigan boşqa moliya institutlarining kredit liniyalari hisobiga texnikani işlab çiqaruvçi taşkilotlar va lizing taşkilotlarini kreditlaşda tijorat banklarining marjasi 1 foizdan ortiq bölmagan miqdorda belgilanadi.

“Özpaxtasanoat” AJ, Qişloq xöjaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi, “Özstandart” agentligi 2020 yil 1 mayga qadar paxtani maşinada terişni rağbatlantiriş maqsadida maşina terimi paxta xomaşyosi sinflari böyiça ifloslanganlikning massa uluşi va namlikning massa nisbati me'yorlarini qayta körib çiqadilar.

Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti Qişloq xöjaligi vazirligi va “Özagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda:

paxtani maşinada teriş uçun dalalarni tayyorlaş va paxta teriş maşinalaridan samarali foydalaniş böyiça fermerlar va paxta-töqimaçilik klasterlari uçun treninglar va seminarlar ötkazilişini;

paxta teriş texnikasini takomillaştiriş böyiça ilmiy-tadqiqot işlari olib borilişini taşkil etadi.