Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy mamlakatda amal qilayotgan favqulodda vaziyat tartibini yana 3 oyga uzaytirdi.

Favqulodda vaziyat tartibi 25 iyuldan uzaytiriladi.

“Mamlakat qurolli kuçlari va milliy politsiyasi terrorçilik namoyon bölişiga qarşi kuraş va uni moliyalaştiriş manbalarini yöq qiliş, butun mamlakat böylab xavfsizlikni mustahkamlaş va qöllab-quvvatlaş, davlat çegarasi, jamoat va fuqarolarning mulkini himoyalaş uçun barça zaruriy çoralarni körişi lozim”, deyilgan Misr prezidenti qarorida.  

Favqulodda vaziyat tartibi Misrda 2017 yil aprelda Tanta va Iskandariyadagi çerkovlarda amalga oşirilgan teraktlardan keyin joriy qilingan. Öşa hujumlarda 45 odam halok bölgan, 120 dan köproq odam jarohat olgan. Uşbu hujumlar uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan. Öşandan beri favqulodda vaziyat tartibi hukumat va parlament ma'qullovi bilan har 3 oyda uzaytirib kelinmoqda.