Öyinning 6-daqiqasida hisob oçildi. Janubiy Koreyaning 16-raqamdagi vakili Jun Sun Von özbekistonlik himoyaçi öziga taşlab bergan töpga jarima maydonçasiga kirmay turib zarba berdi va töp uning jamoadoşi O Se Xunga tegib darvoza töridan joy oldi.
21-daqiqada hisob tenglaşdi. Öng qanotdan Aziz Ğaniyevning uzatmasini Bobur Abduxoliqov boş golga aylantirdi — 1:1.
Ikkinçi bölimni ham Özbekiston vakillari ketma-ket hujumlar bilan boşlaşdi. 49-daqiqada Jasur Yaxşiboyev jarima maydoniga kirmay zarba beriş uçun juda qulay imkoniyatga ega böldi, ammo uning zarbasi darvoza tösini yonidan ötib ketdi. 51-daqiqada koreyslar 30 metrlar uzoqlikdan jarima zarbasi tepişdi. Birinçi zarba «jonli devor»ga tekkan bölsa, ikkinçi xavfli zarba noaniq böldi.
72-daqiqada koreyslar yana oldinga çiqib olişdi. Birinçi gol mullifi O Se Xun bu gal jarima maydonçasiga kirmay çiroyli gol urdi - 2:1.
80-daqiqada Janubiy Koreya hisobdagi farqni oşirişi mumkin edi. Jon Vu Yon ikki marta ketma-ket zarba yölladi va har safar himoyaçilar töpni zörğa qaytarib qolişdi. Öyin oxirigaça janubiy koreyaliklar ustunlikni saqlab qolişdi va guruhda 9 oçko bilan birinçi örinni band etişdi.
Druloviç şogirdlari ham mağlubiyatga qaramay guruhda 4 oçko bilan ikkinçi örinni egallab, pley-offga çiqdi. Çunki 3-tur doirasida parallel keçgan Xitoy-Eron uçraşuvida eronliklar kerakli natijaga erişa olişmadi. Eron 1:0 hisobida ğalaba qozongan bölsada, töplar nisbati yomonroqligi tufayli uçinçi örinda qoldi.

Endi Özbekiston keyingi bosqiçda D guruhining birinçi örin vakili bilan kuç sinaşadi. Ayni vaqtda bu guruhda BAA va Iordaniyada 4tadan oçko bor, uçinçi örindagi Vetnam 2 oçkoga ega.

16 yanvar kuni uçinçi turda Iordaniya BAA bilan, Vetnam Şimoliy Koreya bilan öynaydi.
Osiyo çempionati-U23
«S» guruhi
3-tur
ÖZBeKISTON — JANUBIY KOReYa 1:2
Gollar: Bobur Abduxoliqov (21) — O Se Xun (5, 72).
Bankok, «Tamassat» stadioni.
Özbekiston: Abduvohid Ne'matov, Ilhom Alijonov, Husniddin Aliqulov, Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullayev (Oybek Rustamov, 78), Aziz Ğaniyev, Sanjar Qodirqulov, Oybek Bozorov (Nurillo Töxtasinov, 71), Jasur Yaxşiboyev, Bobur Abduxoliqov (Mirjahon Mirahmadov, 90).
Janubiy Koreya: Song Bum Kyun, Kang Yun Sung, Jyong Te Uk, Kim Dong Hyun, Jong U Yong, Kim Je U, Jung Sun Von (Li Don Yon, 60), Um Von Sang, O Se Xun, Von Du Je, Yun Jong Kyu.












