Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Erondagi avihalokat qurbonlari bilan uçraşdi. Bu haqda prezident ofisi matbuot xizmati xabar berdi. 

8 yanvarda Tehron aeroporti yaqinida yuz bergan aviahalokatda 176 kişi, jumladan 11 ukrainalik halok bölgandi.

Zelenskiy yiğilganlarga hozirda Eronda 10 ukrainalik mutaxassis borligini, ular halok bölgan ukrainaliklarning şaxsini örnatiş va jasadlarini Ukrainaga qaytariş bilan şuğullanayotganlarini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, bir neça ukrainalikning şaxsi örnatilgan. 

Ukraina prezidenti halok bölganlar jasadlarini Ukrainaga iloji boriça tezroq qaytariş vazifasini qöyganini qöşimça qilgan.

“Biz bu 19 yanvarda amalga oşişiga umid qilmoqdamiz. Ehtimol, 1-2 kun keyinroq. Biroq biz ham özimiznikilar, ham eronlik mutaxassislar oldiga şunday vazifa qöydik”, deb ta'kidlab ötgan Zelenskiy.

Ukraina rahbari joriy haftada halok bölganlar oilalariga 200 ming grivnadan tovon puli tölanişini qayd etib ötgan. Bundan taşqari, Ukraina Erondan qöşimça kompensatsiyalar tölanişini talab qiladi. Zelenskiy, şuningdek, jasadlarni dafn etişda kömak körsatilişiga va'da bergan.