2020 yil 12 yanvar kuni taxminan soat 05:30larda noma'lum şaxs Toşkent viloyati, Çirçiq quriliş texnikasi zavodining avtoturargohida 30 yoşli Z.A. tomonidan qarovsiz qoldirilgan Cobalt rusumli avtomaşinaning signalizatsiyasi yöqligi va öt oldiriş joyida kalit qoldirilganligidan foydalanib, orqa yon oynasini sindirib, avtomaşinani noma'lum tomonga olib qoçgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, holat yuzasidan Çirçiq şahar IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida olib qoçilgan avtomaşina oynalari sindirilgan holatda Böstonliq tumanidagi Tantana köçasidan topilgan. Şuningdek, uşbu jinoyatni Sirdaryo viloyatida doimiy röyxatda turuvçi, vaqtinçalik Çirçiq şahrida yaşab kelayotgan 37 yoşli E.X. sodir qilganligi aniqlanib, protsessual tartibda gumon qilinuvçi tariqasida uşlangan.

Hozirda E.X.ga nisbatan ayblov e'lon qiliş va ehtiyot çora tanlaş çoralari körilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar moddiy boyliklaringizga befarq bölmang, avtomaşina qulflanganligiga işonç hosil qiling va kalitni öt oldiriş joyida qoldirmang”, - deyiladi xabarda.