Yil oxirigaça issiqlik elektr stansiyalarida 1177 megavatt, gidroelektr stansiyalarida 120 megavatt quvvatlar işga tuşirilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hisobiga 3500 megavattli buğ-gaz qurilmalari, 400 megavattli şamol va şunça quvvatga ega quyoş elektr stansiyalarini quriş böyiça loyihalar amalga oşiriladi.

Elektr energiyasini nazorat qiliş va hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimi yaxşi samara berayapti. Bu boradagi qamrovga nazar soladigan bölsak, 2019 yil oxirigaça respublika böyiça 2 528 770 dona iste'molçilarga zamonaviy elektr hisoblagiçlar örnatilgan. Joriy yil yakunigaça yana 4 mln. 500 ming dona zamonaviy hisoblagiçlar örnatiş közda tutilgan. 

Tadbirda qayd etilganidek, bugungi kunda dunyoda atom energetikasi eng ommalaşgan elektr energiyasi manbalaridan biri hisoblanadi. Dunyoning 30 ta mamlakatida 447 ta atom elektr stansiya (AES) energobloklari faoliyat yuritib kelmoqda. Foydalanişdagi energobloklar soni böyiça AQŞ (96 ta), Fransiya (58 ta), Xitoy (48 ta), Yaponiya (37 ta), Rossiya (38 ta), Janubiy Koreya (24 ta), Hindiston (22 ta), Kanada (19 ta), Ukraina (15 ta), Buyuk Britaniya (15 ta) kabi dunyoning rivojlangan mamlakatlari yetakçilik qilmoqda. Foydalanişdagi AESlar dunyoda umumiy işlab çiqarilayotgan elektr energiyasining 11 foizini taşkil qiladi. 

Ma'lumotlarga köra, 2030 yilga borib mamlakatimizda elektr energiyasiga bölgan ehtiyoj 2 baravarga oşib, talab 117 mlrd. kVt∙s ni taşkil etişi kutilmoqda. Yuqoridagilardan kelib çiqqan holda, agar yangi generatsiya manbalari foydalanişga kiritilmasa, mavjud defitsit 2030 yilga borib 48 mlrd kVt∙s ni taşkil etişi mumkin.

Şu nuqtai nazardan, Respublikada har birining quvvati 1,2 GVt dan bölgan 2 ta energobloklardan iborat “3+” avlodli atom elektr stansiyasini quriş va foydalaniş belgilandi. 

Tadqiqotlar natijalari, muhandislik-texnika va iqtisodiy ahamiyati hamda mutaxassissilar, xalqaro ekspertlar xulosalariga asoslanib, AES qurilişi uçun maqbul joy sifatida Jizzax viloyati Foriş tumanidagi “Tuzkon” köli yaqinidagi maydon tanlandi. 

Ma'lumot uçun, Atom elektr stansiyasini quriş loyihasini amalga oşiriş doirasida kadrlar tayyorlaş Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE), “Rosatom” davlat korporatsiyasi va boşqa hamkor taşkilotlar bilan amalga oşirilmoqda. 2019 yilning kuzida Toşkentda “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining filiali oçildi. Hozirda uşbu universitetda 145 nafar Özbekistonlik talabalar va Toşkent şahridagi filialida 100 nafar talabalar atom energetikasining asosiy yönalişlari böyiça tahsil olib kelmoqdalar.

Şuningdek, tadbirda energiya resurslarini töğri taqsimlaş, undan tejamkorlik asosida va samarali foydalaniş iqtisodiy barqarorlikka erişişning muhim şartlaridan hisoblanadi. Çunki energiya quvvatlariga hayotimizning har bir jabhasida ehtiyoj sezamiz. Bugungi kunda mamlakatimiz energetika sohasiga ilğor zamonaviy tejamkor texnologiyalarni joriy etiş, muqobil energiya manbalarini rivojlantiriş singari zarur islohotlar amalga oşirilmoqda. 

Ötgan yili eng yirik loyihalardan biri Töraqörğon issiqlik elektr stansiyasi qurib bitkazildi, Navoiy va Taxiatoş issiqlik elektr stansiyalari modernizatsiya qilindi. Farğona vodiysi viloyatlarini elektr energiyasiga ehtiyojini töliq qoplaş imkoniyatini yaratadigan Töraqörğon issiqlik elektr stansiyasi 900 megavatt quvvatga ega böldi. Mazkur stansiyada yiliga 6 mlrd 700 mln kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariladi.

Umuman olganda, ötgan yili mamlakatimizda 6 ta yirik loyiha doirasida jami 1076 megavatt elektr energiya quvvatlari işga tuşirildi. Taqqoslaydigan bölsak, yurtimizda elektr energiyasi işlab çiqariş quvvati 2016 yilda 12,5 ming megavattni taşkil etgan bölsa, 2019 yilda bu körsatkiç 14 ming megavattga yetganini körişimiz mumkin.