17 yanvar kuni Xorazm viloyati hokimligida odam savdosiga qarşi kuraşiş masalalari böyiça respublika kiçik komissiyasi işçi guruhi a'zolari tomonidan yiğiliş ötkazildi.
Unda Xorazm viloyati hamda barça şahar va tumanlarning Odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça hududiy idoralararo komissiyasi işçi guruhi a'zolari hamda tuman hokimligi vakillari iştirok etişdi.
Tadbirning asosiy maqsadi –mamlakatimizda odam savdosiga qarşi kuraşiş sohasida qabul qilingan qonunçilikning mazmun-mohiyatini tuşuntiriş, uşbu sohada Xorazm viloyatida amalga oşirilgan işlar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, doimiy yaşaş manzilidan uzoq muddatga ketgan va qaytib kelgan, deportatsiya va vatanga qaytiş guvohnomasi (sertifikat) bilan qaytib kelgan yoşlarni iş bilan ta'minlaşga kömaklaşiş, fuqarolarimizning xorij mamlakatlarida odam savdosi qurboniga aylanib qolişining oldini oliş borasidagi çora-tadbirlar yuzasidan xabardorligini oşiriş, şuningdek mazkur sohada işçi guruhlarning bilimlarini yanada oşirişdan iboratdir.

Odam savdosi global muammo bölib, har yili uning domiga millionlab ayollar, erkaklar va bolalar tuşib kelmoqda. Ehtimoldagi jabrlanuvçilar dunyo böylab jinsiy ekspluatatsiyaga duçor qilinadilar, oğir, köpinça hayot uçun xavfli mehnatga majbur qilinadilar, organ yoki töqimalar transplantatsiyasi qurboniga, u yoki bu şakldagi zörlikning qurboniga aylanadilar. Odam savdosi bu - inson huquqlarining jiddiy buzilişidir.
Hozirgi kunda uşbu transmilliy jinoyatni tobora tus olişi unga qarşi kuraşni olib boruvçi idoralar xodimlarini muntazam ravişda bilim saviyalarini oşirib borişni taqozo qiladi.
Odam savdosi – inson şa'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, dunyo taraqqiyoti uçun mutlaqo yot bölgan transmilliy jinoyat sanaladi. Yurtimizda zamonaviy qullikka qarşi izçil kuraş olib borilmoqda.
Bunda aholining uşbu qabih jinoyat haqida xabardorligini oşiriş, ularni noqonuniy migratsiyaning ayançli oqibatlari xususida ogohlantiriş, bu borada davlatimiz tomonidan körilayotgan çora-tadbirlar bilan taniştiriş muhim ahamiyat kasb etadi.

Yurtimizda odam savdosiga qarşi kuraşiş sohasida yaratilgan normativ-huquqiy baza hamda keyingi olib borilayotgan islohotlar mazkur sohadagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqdi.
Tadbirda iştirokçilar tomonidan odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça idoralararo komissiyalarining odam savdosi va noqonuniy migratsiyani oldini olişdagi faoliyati muhim ahamiyat kasb etayotganligi alohida ta'kidlandi.
Tadbir yakunida işçi guruhi a'zolarining savollariga javob qaytarildi. Şuningdek, muammolar yeçimi yuzasidan tegişli körsatma va tuşuntiriş berildi.












