Özbekiston U-23 jamoasi Osiyo çempionatining yarimfinal yöllanmasini qölga kiritdi. Çorak finalda Druloviç jamoasi BAAga 5 ta gol urib ğalaba qozondi.

Öyin futbolçilarimiz uçun qiyin boşlandi, çunki avvaliga BAA hisobni oçdi. Zayd al Amiri 13-daqiqada darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib uzoq burçakni aniq nişonga oldi. Bu gol pişib kelayotgandi desak, xato bölmaydi. Çunki BAA golgaça köp hujum uyuştirgan va Abduvohid Ne'matovni dastlabki 5 daqiqa içida 3 marta seyv qilişga majbur qilgandi.

Ammo yigitlarimiz qiyin vaziyatdan çiqib keta olişdi. Avvaliga Ilhom Alijonov çap oyoqda super gol urib hisobni tenglaştirdi. Unga Oybek Bozorov assistentlik qildi. 26-daqiqada esa Islom Qobilov Oybek Bozorovga qarşi qöpollik uçun belgilangan penaltini golga aylantirdi. Bu Oybekka qarşi qöpollik uçun belgilangan ikkinçi penalti edi. Xitoy bilan öyinda ham Oybek raqibni qöpollik işlatişga majbur qilgandi.

Öyindagi uçinçi golni esa Oybekning özi urdi. Musobaqa kaşfiyotiga aylanayotgan Bozorov 25 metrlar çamasidan kuçli zarba yöllab olis burçakni aniq nişonga oldi. Şu tariqa futbolçilarimiz birinçi bölimning özida kambek qilib hisobda oldinga çiqqan holda tanaffusga çiqib ketişdi. Ikkinçi bölimda ham töp nazoratini raqibga bermagan futbolçilarimiz yana ikkita gol urişdi.

Avvaliga Jasur Yaxşiboyev musobaqadagi ilk golini urgan bölsa, 90+4-daqiqada Nurillo Töxtasinov yakuniy natijani örnatdi. Darvoqe, Jasurning goliga aynan Töxtasinov assistentlik qildi. «Bunyodkor» futbolçisi 3 ta öyinda zaxiradan öyinga qöşilib ikkita gol urdi va bitta golga assistentlik qildi. Şu tariqa Özbekiston öyinda yirik hisobda ğalaba qozondi.

Bu bahsdan avval bir şov-şuvli voqea sodir böldi. Vadim Abramov va Röziqul Berdiyevlar kutilmaganda Tailandga kelişdi. Özbekiston U23 jamoasi asosi «Bunyodkor» va «Nasaf» futbolçilaridan taşkil topgan, şu bois bu jamoa murabbiylari Tailandga göyoki şogirdlarini ruhlantiriş uçun olib kelindi. Muxlislar bu borada turli fikrlarni bildirib jamoada endi törtta murabbiy (Druloviç, Haydarov, Abramov, Berdiyev) bor deb hazil ham qilişdi. Ammo bu bahsdagi ğalabani çinakam Druloviçniki desak böladi. Berdiyev va Abramov çindan futbolçilarga körsatma berişgani yöq, faqat qöllab-quvvatlaşdi. Druloviç esa tarkibdagi heç qanday özgarişsiz natijani yaxşilay oldi.

Endi futbolçilarimiz 22 yanvar kuni Saudiyaga qarşi final yöllanmasi uçun bahs olib borişadi. Bu öyindagi ğalaba Tokio olimpiadasiga ham yöllanma beradi. Hozirça esa BAA — Özbekiston öyinidan tayyorlangan fotogalereyani tomoşa qilişingizni tavsiya qilamiz.