Mbappe va Messi Parij-2024da iştirok etadimi?

Parij-2024 guruh bosqiç qur’a taşlaş marosimi şu yilning 20 mart kuni bölib ötgandi. Qur’aga köra, iştirokçi 16 jamoa 4ta guruhga bölingan. A guruhidan mezbon Fransiya, AQŞ, Yangi Zelandiya va Osiyo/Afrika pley-off öyini ğolibi joy olgan. Uşbu sönggi jamoa Indoneziya va Iroq örtasidagi 3-örin uçun bahsda mağlub bölgan tomon hamda Gviniya örtasidagi bahs ğolibi böladi. Boş murabbiy Terri Anri Fransiyada ötadigan turnirda 23 yoşdan katta 3 nafar öyinçi limiti uçun – Kilian Mbappe, Antuan Grizmann va Olive Jiruning yordam berişiga umid qilmoqda.

V guruhidan esa Xaver Maskerano murabbiyligidagi Argentina olimpiya jamoasi, Afrika Millatlar kubogi U23 çempioni Marokaş, Yevro-2023 U21 yarimfinalçisi Ukraina hamda Osiyoning 3-jamoasidan iborat böladi. Bu – Iroq yoki Indoneziya böladi. E’tiborlisi, Maskerano dösti Lionel Messini Parijdagi Olimpiadada ham Argentinaga yordam berişga köndirmoqçi. «Messi Olimpiadaga borsa, bizga katta yordam bergan bölardi. Parijdagi turnirgaça uni Amerika kubogi ham kutib turibdi. Biz bu masalada keyinroq yana gaplaşib olişga kelişganmiz», - deydi Xaver.

D guruhi: Isroildan revanş oliş imkoniyati va Braziliyani ortda qoldirgan jamoaga qarşi

3 may kuni Dohada ötadigan Osiyo kubogi U23 finalidagi Özbekiston va Yaponiya örtasidagi bahsdan keyin S va D guruhining barça jamoalari nomi ma’lum böladi. Finaldagi ğalaba Temur Kapadze şogirdlarini D guruhiga tuşiradi. Bu kvartetda Janubiy Amerikada Braziliyani Parij-2024 Olimpiadasidan mahrum etgan va yakuniy guruhda 1-örinni egallagan Paragvay, Afrikaning 3-jamoasi bölgan Mali va yoşlar örtasida JÇ-2023 va Yevro-2023 yarimfinalçisi Isroil joy olgan.

Olimpiyaçilarimiz uşbu guruhdan örin olsa, Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov va JÇ-2023da iştirok etgan yana bir qator yoşlarimiz Argentinadagi kiçik mundial 1/8 finalida Isroildan uçralgan mağlubiyat (0:1) uçun revanş oliş imkoniyatiga ega bölişadi. Isroil bu turnirda Özbekistonni turnirdan çiqarib yuborib, yakunda 3-örinni egallagan edi.

C guruhi: Yamal – Fayzullayev qarama-qarşiligini köramizmi?

Juma kungi finalda Temur Kapadze şogirdlari mağlubiyatga uçragan taqdirda, Özbekiston S guruhidan örin oladi.

Bu guruh favoriti sifatida şubhasiz Ispaniya olimpiya jamoasini körsatiş mumkin. Santi Deniya şogirdlari ötgan yil Yevropa çempionati finalida Angliyaga minimal hisobda mağlub bölib, qit’a vitse-çempioniga aylangan va şu orqali Olimpiadaga yöllanma olgandi.