Dunyodagi eng yirik Mubadala investitsiya xoldingi (BAA) va uning bölinmasi bölgan Masdar kompaniyasi Özbekiston energetika sektoriga investitsiyalar kiritmoqda.
Investitsiya va taşqi savdo vazirligida Masdar kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida 400 MVt quvvatga ega şamol elektr stansiyasini quriş loyihasini amalga oşiriş töğrisida kelişuv imzolandi. Uşbu kelişuvga muvofiq, Masdar kompaniyasi şamol elektr stansiyasini loyihalaştiriş, moliyalaştiriş, quriş va ekspluatatsiya qilişni amalga oşiradi.

Quriliş uçun investitsiyalar hajmi 600 mln dollar miqdorida baholanmoqda, işlarni 2020 yilning uçinçi çoragida boşlab, obektni 2022 yilda foydalanişga topşiriş reja qilinmoqda.
Şuningdek, Mubadala kompaniyasi bilan "Tolimarjon IES" OAJ bazasida mavjud energobloklarni xususiylaştiriş va yangilarini quriş loyihasini amalga oşiriş töğrisida kelişuv imzolandi. Kelişuv Tolimarjon energetika kompleksini xususiylaştiriş, rivojlantiriş, moliyalaştiriş va ekspluatatsiya qilişning mexanizmlari va şartlarini belgilaydi. Amirlik tomonidan obektning aksiyalarini sotib oliş va xususiylaştiriş jarayoni 2020 yilning uçinçi çoragida reja qilingan.
Ötgan yilning noyabr oyida Masdar kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt bölgan fotoelektr stansiyasini quriş böyiça investitsiya kelişuvi imzolangan, oktyabr oyida Masdar kompaniyasi davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) asosida muqobil energetika sohasiga investitsiyalarni jalb qiliş böyiça Özbekiston tarixida birinçi oçiq tender ğolibi deb e'lon qilingan edi.
Özbekiston hukumati hamda Masdar va Mubadala kompaniyalari örtasida respublikada elektr stansiyalari quriş borasida hamkorlik qiliş böyiça kelişuv 2019 yil mart oyida Özbekiston prezidentining Birlaşgan Arab Amirliklariga rasmiy taşrifi doirasida imzolangan.











