Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif Yevropa davlatlarini AQŞning iqtisodiy tahdidlaridan çöçiş örniga öz mustaqilliklarini namoyiş etişga çaqirdi. 

"Öz vijdonini sotgaç va har qanday qonuniy asoslarni yöqotganidan söng AQŞ yangi tariflar bilan tahdid qilmoqda. YeI öz mustaqilligini körsatsa yaxşi böladi", deb yozdi u Twitter sahifasida.

Zarifning sözlariga köra, ötgan haftada "yevrouçlik" (AQŞ, Fransiya, Buyuk Britaniya) AQŞ prezidenti Donald Trampning sanksiyalaridan qoçiş uçun "yadroviy kelişuvning qolgan qismini sotgani Amerika ma'muriyati rahbarining "iştahasini yanada oçadi".

21 yanvar kuni AQŞ prezidenti agarda Vaşingtonga ma'qul keladigan savdo bitimi imzolanmaydigan bölsa, Yevropa ittifoqining avtomobillar importiga boj kiritiş niyati jiddiyligini ma'lum qilgandi.

The Washington Post gazetasining yozişiça, Tramp agarda Parij, London va Berlin Eronni yadroviy kelişuvni buzganlikda ayblamaydigan bölsa, Yevropa avtomobillariga 25 foiz miqdorida boj kiritiş bilan tahdid qilgan.