Pxenyan Vaşington bilan mavjud kelişuvga amal qilmaydi, çunki AQŞ respublikaga nisbatan duşmanlarça siyosatini davom ettirmoqda. Bu haqda KXDRning BMTdagi bölinma huzuridagi doimiy vakolatxonasi maslahatçisi Çju Yon Çxolga tayanib Reuters xabar qildi.
"Biz boşqa tomon bajarişdan boş tortayotgan kelişuvga amal qiliş uçun sabab körmayapmiz. Agar AQŞ KXDRga nisbatan duşmanlarça siyosatini davom ettiradigan bölsa, Koreya yarim orolida heç qaçon denuklearizatsiya amalga oşmaydi", dedi u.
Çju Yon Çxolning sözlariga köra, "Agarda Vaşington bir tomonlama tartibda öz talablarini qöyişga va sanksiyalar kiritişga urinsa, KXDR boşqaça yöl tutişiga töğri keladi".
2019 yil iyunda KXDR rahbari Kim Çen In va AQŞ prezidenti Donald Tramp Pxanmunjomdagi uçraşuvda denuklearizatsiya böyiça maslahatlaşuvlarni davom ettirişga kelişib olgandi. Kelişuvga muvofiq, 5 oktyabrda AQŞ va KXDR vakillari Stokholmda ikki tomonlama munosabatlarni yaxşilaş istiqbollarini muhokama qiliş uçun uçraşuv ötkazdi, ammo Vaşington va Pxenyan örtasida muloqot örnatiş harakati samarasiz yakunlandi.












