Demokratik partiyadan AQŞ prezidentligiga öz nomzodini ilgari suriş niyatida ekanini e'lon qilgan Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg siyosiy reklama uçun 250 million dollardan köproq mablağ sarflab yubordi. Bu haqda Bloomberg agentligi saylov kampaniyalari davrida reklama xarajatlari tendensiyasini kuzatuvçi Advertising Analytica kompaniyasi tadqiqotiga asoslanib xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga köra, Blumberg televideniyedagi reklama uçun şaxsiy mablağlaridan 209,3 million dollar sarflagan, yana 13,7 million dollar pulli kanallardagi reklama uçun ketgan. Tadbirkor radiodagi reklama uçun 1,1 million dollar, raqamli platformalar böyiça - 27,2 million dollar sarfladi.

Advertising Analytica ma'lumotlariga köra, Blumberg siyosiy reklamaga, xuddi Nyu-York sobiq meri kabi, saylov kampaniyasini moliyalaştiriş masalasida öz pulini işlatayotgan raqibi - demokrat Tom Steyyerga qaraganda 116 million dollarga köproq mablağ sarflagan. Blumbergning reklama xarajatlari Vermont ştatidan senator Berni Sandersning xarajatlaridan (26,8 million dollar) 8 baravar köpdir.

Tadqiqotda aytilişiça, ikkinçi muddatga qayta saylanişni niyat qilgan AQŞning amaldagi prezidenti Donald Tramp siyosiy reklama uçun 46 million dollar sarfladi. Bu mablağlar asosan uning ştabi tomonidan raqamli reklama uçun yönaltirilgan.

Demokratik partiyadan bölgan raqiblaridan farqli ölaroq, Blumberg asosiy e'tiborni praymeriz biroz keçroq bölib ötadigan ştatlarga qaratgan, deb yozadi Bloomberg. Advertising Analytica hisob-kitoblariga köra, u Los-Anjyelesda 12,8 million dollar va Nyu-Yorkda 12,5 million dollar sarflagan, şuningdek, Kaliforniyaning boşqa bozorlari hamda Texas, Illinoys va Florida ştatlarida efir vaqtini juda katta pulga sotib olgan.

Ikki hafta oldin Blumberg prezidentlik kampaniyasiga 1 milliard dollar sarflaşni rejalaştirayotganini e'lon qilgandi. Uning ta'kidlaşiça, agar özi Demokratik partiyadan davlat rahbari lavozimiga nomzod bölmasa ham, mablağlari Donald Trampning boşqa raqiblari - Berni Sanders yoki Elizabet Uorrenga yordam beriş maqsadida sarflanadi.