Özbekistonda Eksportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi va Eksport-kredit agentligi taşkil etiladi.

Jamğarma eksportyorlarga kafillik berib, xarajatlarning bir qismini qoplaydi. Yangi agentlik esa eksportni oldindan moliyalaştiriş maqsadida oçiladi.

Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida ma'lum qildi.

«Şuningdek, eksport qilişda zamonaviy suğurta xizmatlari joriy qilinadi, avtomobil va havo transporti xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplab beriş mexanizmi joriy qilinadi», – dedi davlat rahbari.

Ma'lumot uçun, qator xorijiy davlatlarda (Koreya Respublikasi, Xitoy, Rossiya va boşqalar) Eksimbanklar faoliyat körsatişadi. Ularning asosiy vazifasi – eksportyor korxonalarga moliyaviy yordam körsatiş.

Şu kabi, taşkil qilinayotgan Eksportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi eksportyorlarning xarajatlarini qisman qoplaş yoki eksport şartnomalarida kafil sifatida iştirok etadi.

Eksport-kredit agentligi esa eksport va eksport oldi jarayonlarni moliyalaştiriş bilan şuğullanadi.

Bugungi kunda mahalliy korxonalar tomonidan eksport qilinayotgan 52 turdagi mahsulotlar böyiça temir yöl xarajatlarining 50 foizigaça qismiga subsidiyalar ajratiladi. Lekin 80 foizidan ortiq tayyor mahsulotlar avtomobil transportida, 8 foizi xavo transportida eksport qilinmoqda. Şu sababdan bu transport turlari böyiça ham subsidiya mexanizmi joriy etiladi.

2021 yil 1 yanvardan boşlab BMTning Savdo jarayonlarini va elektron operatsiyalarni soddalaştiriş markazi talablariga mos keluvçi taşqi iqtisodiy faoliyat ustidan nazorat qiluvçi idoralarning Yagona integratsiyalaşgan axborot kommunikatsiya bazasi iş boşlaydi.

Bundan taşqari, yuklarni bojxona çegarasida emas, ularni bojxona hududiga kirguniga qadar yoki çegaradan ötgandan keyin mamlakat içida nazorat qiliş tizimi joriy qilinadi.