Tahririyatga navbatdagi murojaat Buxoro viloyati Ğijduvon tumanidan kelib tuşdi. Tumandagi «Pomöza» mahallasi faollarining aytişlariça, 4200 kişidan ziyod aholi, 1150dan ziyod maktab yoşidagi bolalar istiqomat qilayotgan mahallada maktab yöq.

Oqsoqollarning aytişiça, mahalladagi maktab öquvçilari tuman markazidagi serqatnov yöllar böylab yurib, 2,5–3 km masofaga maktablarga piyoda qatnaşmoqda. Boz ustiga, ular qatnayotgan maktablarning barçasi tuman markaziga eltuvçi serqatnov yölning narigi tomonida joylaşgan. Ya'ni, maktab öquvçilari albatta yölning qatnov qismini kesib ötişga majbur.

Mahalla faollarining aytişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-sonli «Professional ta'lim tizimini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoniga köra, Ğijduvon tumanidagi 4ta kasb-hunar kollejlari umumta'lim maktablariga aylantirilişi kerak bölgan.

Jumladan, mahalla hududida joylaşgan 765 örinli Ğijduvon agrosanoat kasb-hunar kolleji ham maktab qilinişi lozim edi.

Qolgan uçta kollej maktablarga aylantirilgan, biroq, mahalla ahliga köra, prezident farmoniga ters ölaroq, Ğijduvon agrosanoat kasb-hunar kolleji binosi tumandagi 65-ixtisoslaştirilgan maktab-internatga berilgan.

Ayni paytda maktab internatda 230 nafar öquvçi öqimoqda. Uning binosining bir qismi «Barkamol avlod» bolalar markaziga ajratilgan.

65-internat direktori Yorqinjon Turobovning aytişiça, avvalgi maktab-internatning «Halqaobod» MFYda joylaşgan yotoqxonasi va oşxonasi abgor ahvolda bölgan. U 2016 yilda ular buzilgan va maktab-internat tasarrufida 8ta sinfxonali korpus qolgan. Biroq, maktab-internatning reytingi yuqori. Bu yerda respublikaning turli viloyatlaridan öquvçilar kelib öqişadi. Şu sababli viloyat va tuman rahbarlari qarori bilan internatni tuman markaziga köçirişga qaror qilingan.

Ayni paytda maktab internatga aylantirilgan kollejda davlat dasturi asosida öquvçilar uçun yotoqxona ham qurilişi rejalaştirilgan. Hozir kollej öquv binolaridan vaqtinça yotoqxona örnida ham foydalanib turilibdi. Internat qamrovi soni 330 öquvçigaça oşiriladi. Bunga maktab-internatda yetarli salohiyat bor.

Biroq, oqsoqollarning fikriça, uşbu kollej emas, Ğijduvondagi tugatilgan va ayni paytda yangi 60-maktabga aylantirilgan akademik litsey ixtisoslaştirilgan maktab-internatiga berilişi kerak edi. Çunki litseyda yotoqxona ham bor, hamma narsa tayyor.

Qolaversa, litsey mahalla bolalari qatnayotgan 5-sonli va ta'lim rus tilida olib boriladigan 22-maktablardan bor-yöği 600 metr uzoqlikda joylaşgan. Ya'ni, oqsoqollarga köra, sobiq akademik litsey binosida 5-maktab filiali va 65-IMI bemalol joylaşişi mumkin edi. Sobiq agrosanoat kasb-hunar kolleji binosi yaxlit 735 örinli yangi maktab qilinganida — maqsadga muvofiq bölar edi.

Biz mazkur masalada Ğijduvon tuman hokimining yoşlar siyosati va ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari Şonazar Ğaybullayevning fikrlarini tingladik.

Hokim örinbosarining aytişiça, tumanning qoq markazida joylaşgan 5-maktabda qamrov koeffitsiyenti 2,6 barobar bölgani uçun uning yaqinidagi litsey 60-maktabga aylantirilgan.

Agrosanoat kolleji binosi esa prezident farmoniga asosan xalq ta'limi bölimi tasarrufiga ötkazilgan va undan qay tarzda foydalanişni tuman xalq ta'limi bölimi hal qilgan.

Tuman hokimi örinbosariga köra, 65-IMIdan 1,5 km masofada 640 örinli 22-maktab, şunça masofa narida 61-maktab ham bor. Mahalla bolalari öşa maktabga borişlari ham mumkin.

Lekin, mahalla ahlining talablari va e'tirozlari örganib çiqilişi, «Barkamol avlod» bolalar markazi sobiq kollej, ayni paytdagi 65-IMI korpusidan boşqa joyga köçirilib, maktab-internatda yotoqxona binosi qurilgaç, u yerda böşagan qariyb 400 örinli korpus yangi maktab yoki boşqa maktab filiali sifatida oçilişi ham mumkin.

Tumandagi mazkur mahallada maktabga talab bor. Buni mutasaddilar ham tan olib turişibdi. Maktab barpo etiş uçun bino ham bor. Öylaymizki, ğijduvonlik mutasaddilar uşbu murojaatni sinçiklab örganib, tumanda yana bir bilim dargohi sonini oşiriş payidan bölişadi.

Şuhrat ŞOKIRJONOV, Kun.uz maxsus muxbiri.
Faxriddin HOTAMOV, tasvirçi