Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi ekopolitsiya xodimlari dron yordamida ötkazgan nazorat reydi davomida Kökça mahallasi hududidagi yaylov yer maydonida qonunbuziliş holatini aniqladi.

Maʼlum qilinişiça, fuqaro B.G. öziga tegişli bölmagan hududdan qum-şağal aralaşmasini noqonuniy ravişda qazib olgan. Mutaxassislar örganiş va hisob-kitob işlaridan söng atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdorini 8,9 mlrd söm deb baholagan.

Holat yuzasidan töplangan hujjatlar huquqiy baho beriş, qonuniy çora köriş va yetkazilgan zararni undiriş masalasini hal qiliş uçun viloyat prokuraturasiga yuborilgan.